Tavsiya etamiz
Hududida xonadonlar soni mingdan ortiq bo‘lgan mahalla xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi.
Bu haqda huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6324-son, 18.10.2021 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 noyabrdan:
➖ hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi;
➖ fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini ko‘rsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga o‘tkaziladi;
➖ tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz:
Temir daftar nima? Temir daftar haqida ma’lumot.
Yoshlar daftari nima? Yoshlar daftari haqida batafsil.