Tavsiya etamiz
10-sinf o’quvchilari uchun Geografiya fanidan imtihon javoblari 2021 to’plami yuklab oling.
1-Bilet
- Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi.
Ma’lumki, geografi ya eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, o‘rganadi- gan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, 5-sinfda Siz geografi yaga “Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan” deb berilgan ta’rif bilan tanishgansiz. Keyinchalik geografi ya fanining o‘rganish obyekti geografi k qobiq ekanligini ham bilib oldingiz.
Geografi k qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (bio- sfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan geografi k qobiq insoniyatning yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, tabiiy resurslarning asosiy manbayi hisoblanadi.
Geografi k qobiq, o‘z navbatida, bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab kattakichik tabiiy geografi k birliklarga, ya’ni quruqlik va suvlik, ma- teriklar va okeanlar, tabiiy geografi k o‘lkalar, tabiat zonalari, provinsi- yalar, tabiiy geografi k okruglar va hokazolarga bo‘linadi hamda bular- ning barchasi geografi ya fani tomonidan har tomonlama tadqiq etiladi. Shuningdek, geografi ya jamiyatning tarixiy rivojlanishi mobaynida pay- do bo‘lgan hududiy tuzilmalar – mamlakatlar, viloyatlar, shahar va qishloqlarni ham o‘rganadi.
Geografi k qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea-hodisalarni bosh- qa fanlar ham o‘rganadi, lekin aynan geografi ya bu obyekt va jarayonlarni o‘zaro bog‘liqlikda, ma’lum hudud chegaralarida bir butunligicha tadqiq ьetib, hududlar va butun Yer yuzi haqida yaxlit kompleks ilmiy tasavvurni shakllantiradi. Geografi ya fan sohasi sifatida tarkib topgandan buyon, ayniqsa, hozirgi davrda, uning uchun tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Demak, zamonaviy sharoitda geografi ya – geografi k qobiq ichidagi tabiiy hamda ijtimoiy jara yon, hodisa va obyektlarni o‘zaro aloqadorlikda va bir butunlikda, ma’lum makon va zamonda o‘rganadigan fan bo‘lib rivojlanib kelmoqda. 2. «Demografik portlash» va «Eksklav» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
So‘nggi yillarda aholishunos olimlar «demografik portlash»ga nisba- tan deyarli nihoyasiga yetib borayotgan jarayon sifatida baho berayotgan bo‘lsalarda, Afrika va Osiyoning bir qator davlatlarida aholining yillik tabiiy ko‘payish darajasi hali ham yuqori darajada kuzatilmoqda. Shu bilan birga jahonning rivojlangan davlatlarida tabiiy ko‘payishning manfiy holati – demografik inqiroz yoxud depopulyatsiya (tug‘ilishning o‘limga nisbatan pastligi) yuzbermoqda. Bu holatni hozirgi kunda Yevropaning turli davlatlarida (masalan, Germaniya, Ukraina, Serbiya va b.)kuzatish mumkin
Dunyoning siyosiy xaritasidan to‘laligicha Grinvich meridianidan g‘arbda joylashgan Yevropa davlatlarini ko‘rsating. Bu davlatlar Yevropaning qaysi subregionlarida joylashganini ayting. Ushbu davlatlar poytaxtlaridan birortasining geografik koordinatalarini aniqlang.
Rimning geografik koordinatasi Kengligi: 41°53.5158′. Uzunligi: 12°30.6798′
Barcha bilet javoblari
Barcha biletlar javoblarini yuklab olish oling —>> 10-sinf-geografiya_javoblari 2021
Barcha fanlardan imtihon javoblar —>> yuklab oling
Barcha fanlardan testlar to’plami—>> yuklab oling
Bilimlar.uz telegram kanaliga obuna bo’ling.