14-yanvar vatan himoyachilari haqida sherlar to’plami

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

14-yanvar vatan himoyachilari kuni haqida sara sherlar to’plami. Yurtimizda 1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi shu kundan buyun katta tantana sifatida nishonlab kelinmoqda.

Mundarija

14-yanvar vatan himoyachilari haqida sara sherlar

O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari

O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari,
Baxodirlar paxlavonlari.
Tinchligimiz chin posbonlari,
Bayramingiz bo‘lsin muborak .

Vatan ishqi ko‘nglingizdadir,
Yurt taqdiri qo‘lingizdadir.
Nigoximiz yo‘lingizdadir,
Bayramingiz bo‘lsin muborak!

Tavsiya etamiz: 14-yanvar vatan himoyachilari kuni senariylar to’plami

O‘zbekiston posbonlari

Botirlarni kuylab kelgan,
Elning ertak dostonlari.
Xar so‘zini bilar dildan,
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

Bilar yurtning shoni bo‘lak,
Bo‘lak yeru-osmonlari,
Sadoqatlari chindor yurak.
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

Jasurlikda yo‘qdir taraf,
Farzandim der, sarbonlari,
Xizmat qilish deydi, sharaf,
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

Yigitmisan yigit bari,
Omon bo‘lsin tan jonlari.
Yomon yo‘ldan yurar nari,
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

Jasur xamda mag‘rur askar

Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan,
Nomus-ori, e’tiqodi but Askar.

Karvonboshi suyangaydir siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard» larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz Askar.

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo Askar?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz omon bo‘lsa bo‘ldi Vatan.

Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan —
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q Askar!

Qad kerib turgan askar

Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!

Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!

Singling bor tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak,
Qatorda noringni asra hamisha.

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi,
Intizor yoringni asra hamisha!

Vatan or timsoli, Vatan nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or senga qo‘rg‘on,
Oringni boringni asra hamisha!

Mart o‘g‘lonlar vatan deb

Mart o‘g‘lonlar turar to‘p,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig‘dek asrar xo‘p,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Har bir o‘g’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O‘z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo O‘zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

O‘zbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Bizlar jajji askarlar

Bizlar jajji askarlar,
Yurt posboni navkarlar.
Yovga qilmaymiz shafqat ,
Qo’rqmas botir , shunqorlar.

Yelkamizda avtomat,
Turib navbatma-navbat.
Qo’riqlaymiz sarhadni,
Misli alpomish kelbat.

Jajji askarmiz hali,
Ko’rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi, iqbolli.

O‘n to‘rtinchi yanvarga sovg‘a

O‘n to‘rtinchi yanvarda,
Biz xam o‘yga tolamiz.
Dovyurak yigitlarga,
Qanday sovg‘a olamiz.

Mablag‘ bo‘lsa mayliga,
Pul bo‘lmasa netamiz.
Chorasini topolmay,
O‘yga tolib ketamiz.

«Armani» ko‘ylagimi,
Yonida-chi bo‘yinbog‘.
Juda ko‘p o‘ylar kelur,
Mayli, qilmay istilox.

Ularga yaxshi sovg‘a —
Avvalambor o‘zimiz.
Go‘zal tabassumimiz,
Shiringina so‘zimiz.

Vatanga qasamyod xaykal poyida

Ona degan so‘zga egizdir Vatan,
Ona duosidan qutlug‘roq ne bor.

Temuriy qalbida mehr jo‘sharkan,
Zako ko‘zi bilan qaraydi Me’mor.

Ramziy timsollarda ibrat mujassam,
Bir lahza o‘zligim ko‘rgandek bo‘ldim.

Goho jon koyitging kelmaydi zinhor,
Rizqi-ro‘z, tinchlikka yo‘qdek nihoya.

Ammo chovuti shay kalxatlar ham bor,
Neki aziz bo‘lsa, shartdir himoya!

Yurtdoshim, haykalni aylab ziyorat,
Ruhingni mardlikka o‘rgatgil sen ham.

Vatanga qasamyod qilgil va abad,
Uni yuragingga o‘rnatgil sen ham!

Muqaddas mehrobdan boqarkan onam,
Poyida tiz cho‘kib turgandek bo‘ldim.

Hech kimga hech qachon bo‘lmagay qaram,
Ona yurt qoshida tiz cho‘kkan o‘g‘lon.

Eng ulug‘ qasam bu — onaga qasam,
Eng buyuk qasam bu — yurtga, begumon!

Vatanim g‘ururi erkakdir

Xonadon obro‘yi, taxti — erkaqdir,
Bolalar quvonchi, baxti — erkakdir.
Ayollar qudrati mulki — erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki — erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi — ular mehnati,
Ustimiz butligi — ular himmati.
Farzandlar chirog‘i — ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

Vatanimga xizmat qilaman

Qurolim mehr-la ko’ksimda qo’yib,
Diyorim nomini ko’ksimga o’yib.
Xalqimni, elimni jonimdan suyib,
Ona-Vatanimga xizmat qilaman.

Ajdodlar o’gitin yodimda saqlab,
Tinchlik kalomin doimo yoqlab,
Sharafli farzandlik burchimni oqlab.
Ona-Vatanimga xizmat qilaman.

Xalqimning ko’zidan yoshlar to’kilmas,
Yigitlar bardoshi aslo bukilmas.
Musaffo osmonim bag’ri so’kilmas,
Ona –Vatanimga xizmat qilaman.

Yurboshim, elimga sodiqman doim,
Bizlarni qo’llasin o’zi Xudoyim.
O’zbegim chekmasin zaham iloyim,
Ona –Vatanimga xizmat qilaman.

Vatanga qalqon askar

O‘tkinchi taxtni izlama aslo,
Yaxshi nomla o‘tmishingda qol.
Ulkan zafar yor bo‘lsin illo,
Vataningga doim qalqon bo‘l.

Sen g‘ururli erkaksan azal,
O‘ljasini bermagan arslon.
G‘azabidan yengilgan mash’al,
Qo‘rg‘oninigni saqla ey o‘g‘lon.

Ozod kelajak qo‘lingda ishon,
Asra yurting g‘anim, yovlardan,
Ostonangga yo‘latmay sarson,
Yanchib tashlab o‘tgin g‘ovlardan.

Ajdodlaring maydonda mardon,
Kurashdilar to‘xtamay jadal,
Tikib shirin jonini qurbon,
Xur elini aylamay qamal.

Posbonlar — Muhammad Yusuf sheri

Sizda orom qayda, Sizda tin qayda.
Siz to‘yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin sizni har joyda.

Sizni uchrataman tog‘da, dalada,
Xizmatda hamisha-qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada.

Har kun oftob bilan sog‘ ko‘rishib yuz,
Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug‘ bo‘lsin, ko‘ksi ulug‘ bo‘lsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.

Yo‘llar ravon bo‘lsin, yo‘llar oq bo‘lsin,
Bahor maysalari ko‘kchiroq bo‘lsin.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz sizga ko‘zmunchoq bo‘lsin.

Erkakdan omadni ayama hayot

Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…

Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.

Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog‘bor, bir gulshan, bitta chamanzor!
Oh, mening yuragim — jon, O’zbekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.

Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.

Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.

Erkakdan omadni ayama hayot,
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!

Mayliga har zamon ichib «sher» bo‘lsin,
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!

Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!

Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,
Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor.
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,
Tokim yiqilmasin yuragida or.

Hiyonat etmasin yori berib pand,
Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard.
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-
Allohim, asragin bo‘lib panohi.

Qadingni tut ey o‘g‘lon

Sen o‘zbeksan qadingni tut ey o‘g‘lon,
Bobolaring tarixda iz qoldirgan,
O‘zingga bek boshing egmagin zinhor,
Mehnatla xalqing keng diyorni qoldirgan.

Qara! qanday yashayapmiz xotirjam,
Farzandlaring ulg’ayapti bekam-ko‘st.
Beling omon, yo‘ling ravon, oilang jam.
Tinch o‘lkada baxting butmi? Aytchi rost.

Ko‘p shaharlar urushdan bo‘lar vayron,
Erkin yurmas qiynar o‘lim talvasasi.
Panasi yo‘q, ko‘chalarda kezar sarson,
Tirnar etni yovuz urush masalasi.

Havas qilma o‘zga yurtning moliga,
Chamanningni obod ayla olamda.
Sotilmagin bir chaqalik puliga,
Yashnab yasha ona diyor vatanda.

Bir umrga askarmiz

Bir xil yur, deb uqtirar serjant,
Bir xil tur, deb uqtirar serjant.
Uxlar bo‘lsang, tushlaringni ham,
Bir xil ko‘r, deb uqtirar serjant.

Bir xil tushmas ammo negadir,
Poyma-poydir qadamlarimiz.
Kimdir safdan qolib ketadi,
O‘zib ketar ildamlarimiz.

Bir haftami, o‘n kunmi o‘tgach,
Izga tusha boshlar hammasi.
Tarbiyalar bizlarni chanqash,
Va toshyo‘lning o‘tdek nafasi.

Hayotda-chi, ammo hayotda,
Teng tushmaydi aslo odimlar.
Kimlar qolib ketadi ortda,
Ilgarilab ketadi kimlar.

Buni o‘nglab bo‘lmaydi hargiz,
Har kim qo‘ldan kelgancha yashar.
Lekin, do‘stlar, shu yurt uchun biz,
Bir umrga askarmiz, askar.

Mayli, turfa kechsin kunimiz,
Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard.
Ammo shu el, shu Vatanni biz,
Birday halol sevmog‘imiz shart!

Manba: uzbaza.uz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting