2021/2022 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2021/2022 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi bu haqda oliy ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022 o‘quv yili uchun respublika OTMlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

Bunda, OTMning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma beriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting