2021-yil uchun dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxati eʼlon qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Maʼlumki, yurtimizda Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli agentliklar reytingida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy OTMlarning diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadi.

Yaqinda Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentligi 2021-yil uchun dunyoning “TOP-1000”taligidan oʻrin olgan universitetlar roʻyxatini eʼlon qildi. Ushbu reytingdan dunyoning 80 ta davlatidan 1002 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalari joy oldi.

QS tomonidan har yil eʼlon qilinadigan reytingda OTMlar jami 6 ta indikator asosida baholanadi:

1. Akademik nufuz – 40 %

2. Ish beruvchilar oʻrtasidagi nufuzi – 10 %

3. Talabalar sonining universitet ilmiy-pedagogik tarkibiga nisbati – 20 %

4. Ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibida xorijliklar ulushi – 5%

5. Xorijlik talabalarning umumiy talabalar soniga nisbati – 5%

6 Ilmiy nashrlardagi iqtiboslarning har bir xodimga nisbatan ulushi – 20%

Dunyo “TOP-1000”taligidan oʻrin olgan OTMlar soni boʻyicha AQSH 151 ta, Buyuk Britaniya 84 ta, Germaniya 45 ta va Yaponiya 41 ta OTM bilan yetakchilik qilgan. Shuningdek, Rossiyadan 28 ta va Qozogʻistondan 10 ta OTM dunyoning kuchli “TOP-1000”taligidan oʻrin olgan.

Mazkur reytingda yetakchilikni ketma-ket toʻqqiz yildan buyon Massachusets texnologiya instituti (MIT) egallab kelmoqda. Navbatdagi oʻrinlarni mos ravishda Stenford va Garvard universitetlari band etishgan.

Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, mamlakatimizda taʼlim sifatini obyektiv va shaffof baholab borish, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro tan olingan reytinglarda oʻrin olishlariga koʻmaklashish maqsadida milliy reyting tizimi joriy etilgan.

Milliy reyting tizimidagi baholash indikatorlari dunyoning yetakchi xalqaro agentliklari mezonlaridan namuna olgan holda, Times Higher Education, QS va Elsevier kabi nufuzli tashkilotlarning ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bu yilgi milliy OTMlar reytingi joriy yilning avgust oyida eʼlon qilish rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish nazarda tutilgan. Shu maqsadda OʻzMU, TIQXMMI, TDTU, TATU, SamDU, TDAU, UrDU, TTA, Turin politexnika universiteti, QQDU kabi oliy taʼlim muassasalari tanlab olinib, ularni xalqaro reytingga kiritish rejalashtirilgan.

Davlat test markazi 2021 yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi yuklabolish.

Maʼlumot uchun, QS xalqaro reyting agentligi tomonidan har yili dunyo universitetlarining global reytingidan tashqari mintaqalar boʻyicha va yoʻnalishlarga ajratilgan holda ham reytingi eʼlon qilib boriladi. 2020-yil uchun Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha QS reytingidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ham oʻrin olgan edi. Ushbu oliygoh 2019-yilda eʼlon qilingan milliy reytingda ikkinchi oʻrinni egallagan. (http://reyting.tdi.uz/detail/?ID=807)QS reytingi metodologiyasi va baholash indikatorlari ushbu havolada (https://www.topuniversities.com/qs-world-university-rankings/methodology) toʻliq maʼlumotlar berilgan. Toʻliq reyting maʼlumotlari: www.topuniversities.com/

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting