Tavsiya etamiz
2022-yil 15-iyun kuni Prezidentning “2022-2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
- kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;
- kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;
- masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar etib tasdiqlandi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.
Tavsiya etamiz OTMlarda kirishda 2022-yil test topshiriladigan fanlar, test savollari soni va baholash mezonlari tanishing