2022 yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘ladi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Abiturientlar diqqatiga tezkor yangilik joriy yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘ladi. Bu haqda Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev xabar bermoqda.

Hukumatning tegishli qaroriga (№34, 19.01.2022 y.) ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan OTMlarga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ushbu yangi tartib qoida quyidagi OTMlarga taalluqli:

1️⃣ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
2️⃣ Samarqand davlat chet tillar instituti;
3️⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

Izoh: fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yunalishlarida.

4️⃣ Toshkent davlat pedagogika universiteti
5️⃣ Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
6️⃣ Nukus davlat pedagogika instituti.

Izoh: xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida.

✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarga beriladigan imtiyozlar saqlab qolinadi.

ℹ️ chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Avval xabar berganimizdek DTM yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan CEFR test sinovlari qoldirilgan edi.

Tavsiya etamiz: DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab oling

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting