Tavsiya etamiz
Hozirgi vaqtda ko’pchilik ustozlarimizni qiziqtirgan savol 2022 yilgi attestatsiyada ro‘yxatdan o‘tish qachon, qanday tartibda bo‘ladi bu haqda bilib oling.
Nizomga ko‘ra, attestasiyadan o‘tish uchun pedagog kadrlar har yili 1 yanvardan 1 martga qadar va 1 avgustdan 1 oktyabrga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladilar.
2022 yil yanvardan boshlab pedagoglar attestasiyasi bir yilda ikki marta o‘tkaziladi.
Birinchi attestasiyada:
👉 Yanvar-fevral oylarida arizalar qabul qilinadi;
👉 Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
👉 Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
Ikkinchi attestasiyada:
👉 Avgust-sentyabr oylarida arizalar qabul qilinadi;
👉 Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
👉 Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
Tavsiya etamiz: Barcha fanlardan attestasiya test sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar 2022