Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash, xalq tilidaa CEFR Multilevel imtihonlari uchun 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.
Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.
Tavsiya etamiz: