22-Dekabrdan multilevel chet tili imtihonlari gapirish qismi boshlanadi

Tavsiya etamiz

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 27-28-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 22-23-24-, 26-, 29-30-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-12-20

Tavsiya etamiz: Multilevel test sinovi gapirish qismi imtihoni topshirish video yo’riqnomasi bilib oling foydali bo’ladi.