5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun ajoyib imkoniyat

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etilmoqda bu haqda Huquqiy Axborot kanali yozmoqda.

Hukumatning 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan bo‘lib, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi e’tirof etilgan.

Bunday toifadagi xotin-qizlarga jami 500 ta kvota (o‘rin) ajratiladi hamda tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

Tavsiyanoma olish tartibi

▫️ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
▫️ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
▫️ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga ariza bilan murojaat qiladi.

Tavsiya etamiz  DTM CEFR chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2022-yil har oy ikki marotaba o'tkaziladi

Ariza va hujjatlar har yili 1-maydan 1-iyungacha, ularni ko‘rib chiqish 7-iyungacha amalga oshiriladi.

Tavsiyanomalar har yili 15-iyungacha talabgorlarga yetkazilishi ta’minlanadi.

Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTMning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari yakuniga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Avval xabar berganimizdek ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.

Прокрутить вверх