Tavsiya etamiz
5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish shartlari bilib oling.
Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilish joriy yilning 1-iyuniga qadar davom etadi.
➡️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar:
➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.
➖ 1-7-iyun kunlari tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.
#️⃣ Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Oʻgʻiloy Oʻrozova brifingda maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz: OTM Qabul 2023 o’zgarishlar yangiliklar batafsil bilib oling