5 yil stajga ega xodimlar sirtqi va kechki ta’limda o‘qishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati (+jadval)

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Davlat qabul komissiyasining qarori bilan joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Bunda:

  • vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;
  • vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;
  • suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.
  • talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting