5 yil staji bo‘lgan xotin-qizlar kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadimi?

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

5 yil staji bo‘lgan xotin-qizlar kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinar ekan degan xabarlar tarqalmoqda.

Shu kunlarda mana shunday savollar ko‘paygani sababli Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev tushuntirish berib o‘tdi.

Birinchidan, bu taklif hozircha shunchaki loyiha.

 

Mana bu yerda muhokama qilinmoqda.

https://regulation.gov.uz/uz/d/59490

Ikkinchidan, ko‘pchilik o‘ylagandek, 5 yil staji bor barcha xotin-qizlar o‘qishga qabul qilinmaydi. 500 ta kvota ajratilyapti xolos. Ya’ni o‘rta-maxsus ma’lumotga ega, 5 yil tajribasi bor 100 ming nafar ayollarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ularning eng yuqori ball olgan 500 nafari alohida kvotada kiradi, qolganlari umumiy tartibda qatnashadi.

Uchinchidan, ushbu ayollar imtihonsiz kiradi degan tasavvur ham noto‘g‘ri. Hamma qatori testga kirib chiqishadi va yuqori ball olganlari kiradi.

Avval xabar berganimizdek Nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan o‘qishni ko‘chirish 2022 bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi bilib oling.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting