8-mart bayrami uchun sara sherlar va tabriklar to‘plami

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami eng sara sherlar to‘plami qabul qiling marhamat.

Aziz ayollar sizlarni 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

8-Mart bayramingiz bilan onajon

Eng go’zal insonsiz xayotimdagi.
O’zgani «go’zalim» deganim yolg’on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.

Opamga singlimga atalgan sherlar

Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko’rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo’lsin sizga ham bayram.
Ro’moling uchiga tugma bo’layin.
Dunyoda sen bilan mag’rurdir dilim.
Sening shaning uchun mayli o’layin.
Bayraming muborak mehribon singlim.

Ayoliga sher

Men o’zimni kechirolmayman.
To’kilsa sochingni yarim tolasi.
Qochib ham o’zingdan berkinolmayman.
Bayraming bilan, onasi.

Qizimga sher

Onamga o’xshaydi ko’zlaring sani.
Osmonimdagi yolg’iz yulduzim.
Oppog’im, chiccoyim, shirinim mani.
Bayraming bilan qizim.

Ilk muhabbatim tabrik

Eslamay deyman-u, so’raydi yurak.
Azobim o’zingsan, armonli dilim..
Sen mendan baxtliroq, yashashing kerak.
Bayraming bilan… Ilk muhabbatim

8-mart tabrik sherlari

Qalblardagi chiroyli tilak
Savoblardan beradi darak
Sizga izhor aylayin istak
8 Mart bayramingiz bo`lsin muborak..
Bahor oftobiday chehrangiz kulsin
Doimo tabassum hamrohiz bo`lsin
Kirgan bog`ingiz gullarga to`lsin
8 Mart bayramingiz muborak bo`lsin.
hayot bog‘larida tikonlar so‘lsin,

Umr yo‘llaringiz gullarga to‘lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

 

Bolam deb g‘am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon,quvonchi yarim,
Ey ,mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Qoshlari kamalak, sochlari chambar,
Ohu ko‘z sanamlar, yuzlari dilbar,
Siz borsiz dunyo ham go‘zal, munavvar,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Tavsiya etamiz: Ayollar haqida eng sara she’rlar to’plami

Ayollarga atalgan she’r

Hayotning har qanday shartiga ko‘nding,
Ayt qachon ko‘ksingga tegibdi shamol?!
Bola — chaqa deding, ro‘zg‘or, ish deding,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!
Sen- erning aybini yopguvchi qalqon,
Oila ko‘rkiga berarsan sayqal.
Mayliga har kunmas, lekin har zamon,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!
 Shaffof ko‘zgularni qo‘lingga olib,
Oltin qo‘g‘irchoqdek yasangin xushhol.
Yuzingga upa surt, yaxshilab kiyinib,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!
_Gohida dard birla tilinsa bag‘ring,
Go‘yo to‘lishmayin qolganday hilol.
Qadringni bunchalar arzon qilmayin,
_Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!
_Kunlarni o‘tkazding yelib, yugurib,
Qo‘y endi ko‘nglingni yozgin kelaqol.
Buguncha yornimas, o‘zingni sevib,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!

8-Mart uchun ajoyib tabriklar

Aytishlaricha bir baland tog’ bor emish,
Shuhratingiz shu tog’dek baland bo’lsin.
Shu tog’ning ostida bir yo’l bor emish,
Umringiz shu yo’ldek uzun bo’lsin.
Shu tog’ oldida archalar bor emish,
Savobingiz shu archalardek ko’p bo’lsin,
Qadrdonim 8-mart bayramingiz
muborak bo’lsin!

Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo.
8-MART Ayyomingiz muborak bo’lsin!!!

Tavsiya etamiz: Ona haqida eng sara sherlar

Muqaddas ayol!

Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Talpinasan astagina va qo`yasan bosh,
Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,
Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Harir, xushbo`y badaningda toshlar izi bor,
Ko`kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh o`ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Пусть первый подснежник подарит
Вам нежность, весеннее солнце подарит тепло,
а мартовский ветер подарит надежду,
и счастье, и радость, и только добро!
С днем 8 Марта, с праздником весенним!
Льется пусть повсюду, звонкое веселье!
Пусть сияет солнце, пусть уйдут морозы!
Пусть прогонит зиму, веточка мимозы!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting