9–11 sinf bitiruvchilari qaysi fanlardan yakuniy imtihon topshirishi ma’lum bo‘ldi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

9–11 sinf bitiruvchilari qaysi fanlardan yakuniy imtihon topshirishi ma’lum bo‘ldi. Maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi qaysi fanlarda bo‘lishi ma’lum qilindi

Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-fevraldagi 70-sonli bo‘yrug‘iga asosan 2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;

11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilandi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting