Tavsiya etamiz
▪Umumta’lim maktablarining 9-sinfini 2021-yilda tamomlagan yoshlarimiz uchun ta’limni davom ettirish bilan birgalikda kasb-hunar o‘rganish imkoniyatini beruvchi respublikamiz bo‘yicha 339 ta kasb-hunar maktablariga ONLAYN QABUL boshlandi.
Qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining www.kasb.edu.uz elektron platformasi orqali quyidagi tarzda onlayn amalga oshiriladi:
1️⃣ Elektron ariza (www.kasb.edu.uz orqali to‘ldiriladi).
2️⃣ Umumta’lim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi.
3️⃣ 3×4 fotosurat.
Tavsiya etamiz: Akademik litseylarga onlayn hujjat topshirish — tartibi va yo’riqnoma
Hujjatlarni qabul qilish 1 iyuldan 20 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Onlayn hujjat topshirishda qo‘shimcha savollar bo‘yicha o‘zingizga yaqin bo‘lgan kasb-hunar maktablariga murojaat etishingiz ham mumkin.
Kasb-hunar maktablari bitiruvchilari kelgusida ishlash va oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish huquqini beradigan davlat namunasidagi DIPLOM oladilar. O‘qish 100% bepul.