Abiturientlar uchun OTMlarda sirtqi ta’lim shaklida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Tavsiya etamiz

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda sirtqi ta’lim shaklida bir qancha o‘zgarishlar bo’ladi bu haqda huquqiyaxborot kanali yozmoqda.

Umumta’lim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi (https://t.me/huquqiyaxborot/8463).

Pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMda “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi (https://t.me/huquqiyaxborot/8878).

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida maxsus sirtqi ta’lim tashkil etiladi (https://t.me/huquqiyaxborot/8000).

Tavsiya etamiz: Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

Respublika OTMning “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)” hamda “5410500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi (https://t.me/huquqiyaxborot/8047).

Tavsiya etamiz: Davlat test markazi 2021 yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.