Tavsiya etamiz
2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyent ruxsatnomasi olish 2022
1-usul
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
my.dtm.uz saytiga kiramiz.
Keyingi qadamda pasport seriyasi va raqamini hamda shaxsiy identifikatsiya raqami 14 talik kiritgan holda ruxsatnomani yuklab olish tugmasini bosamiz.
Telegram bot orqali ruxsatnomani yuklab olish:
Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:
Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini lozim.
Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
Eslatma Agarda Abituriyent test sinovlarida pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Tavsiya etamiz DTM Javoblar varaqasi 2022 yil namunasini yuklab oling, javoblar varaqasi bilan tanishib oling foydasi tegib qoladi imtihonda.