Abituriyentlarni qulaylik onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.
Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.
Abituriyentlar uchun tavsiya etamiz: Kunduzgi, sirtqi, kechki, imtiyorlar bo’yicha 2021-2022-o‘quv yili uchun o‘tish ballari bilab tanishing
Yana bir foydali tavsiya my.dtm.uz dan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil yo’riqnoma tanishing
Abituriyentlarni qiziqtirgan savol maqsadli qabul haqida batafsil ma’lumot bilib oling.