Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari kuni e’lon qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2021-2022-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2021-yil 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi. Bu haqda Davalat test markazi xaber berdi.

✅ Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 07:00 dan 09:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari tarix va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 40 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 26-avgust kuni 09:00 dan boshlab Davlat test markazining texnikum.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting