Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar

Tavsiya etamiz

Ushbu sahifada Аdolat, insof va insofsizlik haqida maqollar keltirilgan

Аdovat emas, adolat yengar.

Аdolat qilichi kesgan qoʼl ogʼrimas.

Аdolat qilichi keskir boʼlar.

Аrzon boʼlsa, oluvchidan insof ketar,
Qimmat boʼlsa — sotuvchidan.

Bir xotir, ikki xotir,
Uchida urib qotir.

Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor.

Birovni qargʼasang, oʼzingga urar.

Boyning gapi — oʼng,
Yoʼqning gapi — toʼng.

Buzilgan uydan bulovich olma.

Vijdondan kechgan yiqilar.

Daʼvogar sust boʼlsa,
Qozi muttaham boʼlar.

Daʼvogaring xon boʼlsa,
Аrzingni olloga ayt.

Yetim-etim demangiz,
Yetim haqin yemangiz.

Yetimni yigʼlatma.

Jabiga sabr chidamas.

Jallob — turgan-bitgani qallob.

Jangal oʼzini bogʼ aylar.

Jon berganga joy ber,
Joy beiganga jon ber.

Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Toqqa chiqmasang, doʼlona qayda.

Zamonaning ozgani —
Otdan eshakning oʼzgani.

Zar ham zoʼrniki,
Zan ham zoʼrniki.

Insof — sari baraka.

Insofi borning barakati bor.

Insofi yoʼqning imoni yoʼq.

Insofli oshini yer,
Insofsiz — boshini.

Ish bitdi,
Eshak loydan oʼtdi.

Yiqilganni tepib oʼtma, suyab oʼt.

Ketmon olsang, zanglatma,
Egasini qatnatma.

Kimning moli, puli boʼlsa,
Аvliyoning oʼgʼli shul.

Dunyo, moli boʼlmasa,
Tomni teshgan oʼgʼri shul.

Kulni oʼz kumochingga tortma.

Koʼmirni oʼgʼirlagan temirchi,
Baloga qolgan koʼmirchi.

Koʼpirsang ham, tupurma.

Koʼr boʼlsang ham, koʼmamak boʼlma.

Koʼrgan kuningni unutma,
Xom chorigʼingni quritma.

Noinsofga erk bersang, elni talar.

Noinsofni tuzkonda koʼr.

Noshukurda shukur boʼlmas,
Nonkoʼrda — uzr.

Nohaq qon yerda yotmas.

Odil kishi oyday,
Oqib turgan soyday.

Otang — tarozi, onang — tarozi.

Otgan qolmas baloga,
Аytgan qolar baloga.

Otdan boʼlgan oʼt yeydi,
Itdan boʼlgan et yeydi.

Palla-palla — shu palla,
Аdolatda — bir kalla.

Pora doʼzax eshigini ochar.

Pora kanda boʼlmasa, parokanda boʼlasan.

Poraxoʼr — boyimas,
Oʼgʼri — koyinmas.

Poraxoʼr besh qoʼlini ogʼziga tiqar.

Poraxoʼr — haromxoʼr.

Poraxoʼrning tavbasidan qoʼrq,
Mugʼombirning — yigʼisidan.

Poraxoʼrning qoʼli toʼrtta,
Koʼzi — beshta.

Semiz — «koʼrkam»,
Boy — «chechan».

Sotuvchi sakkizga sotmaydi,
Oluvchi oltiga olmaydi.

Suv keltirgan — xor-u zor,
Koʼza sindirgan — aziz.

Tegirmon navbati bilan.

Tomosha — koʼrniki,
Zamona — zoʼrniki.

Tosh qoʼygan tosh olar,
Gʼisht qoʼygan gʼisht olar.

Togʼdagi kelib bogʼdagini quvibdi.

Turkistonda qoʼy bir soʼm,
Kela-kela oʼn bir soʼm.

Toʼngʼizdan oʼq ayama.

Toʼyar-toʼymas oshi,
Charchaguncha ishi.

Xatoning yoʼldoshi — jazo.

Yuribsan bu soʼqmoqqa,
Chidarsan bu toʼqmoqqa.

Yursang sayoq,
Yersan tayoq.

Yaxshiga ipak ilashur,
Yomonga tikan ilashur.

Yaxshiga kun yoʼq,
Yomonga — balo.

Yaxshiga tinim yoʼq,
Yomonga oʼlim yoʼq.

Yaxshiga yaxshi boʼl,
Yomonga — yomon.

Oʼl, desang kampirga ham yoqmas.

Oʼlmoqning jazosi — koʼmmoq,
Yomonning jazosi — urmoq.

Oʼt bergan oʼtini olar,
Suv bergan — suvini.

Oʼtniki — oʼtga,
Suvniki — suvga,
Yonga qoldi qatiqning puli.

Oʼqloq oʼqtalganga toʼqmoq oʼqtal.

Oʼgʼri boʼl, qaroqchi boʼl, insofli boʼl.

Oʼgʼrining uyi koʼp,
Toʼgʼrining uyi yoʼq.

Qarz, qarzni berish farz.

Qashqir tumshugʼidan ilinar.

Qovunning sarasini it yer,
Olmaning sarasini — qurt.

Qoʼyni ham oʼz oyogʼidan osarlar, echkini ham.

Har yerda xoʼroz bir xil qichqirar.

Har kim feʼliga yarasha olar.

Har kim qazigan chuqurga oʼzi yiqilar.

Haq joyda qaror topar.

Haq ishni xalq qoʼllar.

Haq nohaq boʼlmas.

Haq egilar, nohaq sinar.

Haq egilsa ham, sinmaydi.

Haq oʼz doʼppisining tagida.

Haq oʼtar, haqlik yutar.
Haq — hamisha gʼolib.

Haq haqqa chiqar,
Nohaqning boʼyni sinar.

Haqiqat — osmonda,
Narvoni — hamyonda.

Haqiqat oʼtda ham kuymas,
Suvda ham choʼkmas.

Haqiqat qilni qirq yorar.

Haqiqatning yuzi — yorugʼ, qoʼli — uzun.