Kkademik liseylarga qabul boshlanadi
Joriy yilning 20 iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik liseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.
Ro’yxatdan o’tish tartibi
➖ Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
➖joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma;
➖3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
➖o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).
☝️Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tishda:
➡️ o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik liseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);
➡️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.
✔️ Shuningdek, abiturient o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
*Qabul jarayonlari bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni akademik liseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.
➡️ Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik lisey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.