Akademik litseyga o‘qishga kirolmaganlar apellyatsiyaga berish tartibi qanday

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Akademik litseyga apellyatsiyaga berish tartibi bilan tanishing.

❓126-SAVOL:
Farzandim akademik litseyga o‘qishga topshirgan edi. Ammo o‘qishga kirolmabdi. O‘g‘limning aytishicha, savollarning ko‘pchiliga to‘g‘ri javob bergan. Shuning uchun apellyatsiyaga bermoqchimiz, shunga qayerga murojaat qilishimiz kerak?

Bu savolga Oliy ta’lim vazirligi javobni ma’lum qildi.

✅ JAVOB:
Akademik litseylarga kirish imtihonlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar test topshirgan ta’lim muassasasining o‘ziga yozma ravishda murojaat qilgan holda apellyatsiya arizasini qoldirishlari mumkin.

Apellyatsiya arizasini test topshirgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga berish huquqiga ega.

Shikoyat arizasi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat nomzod ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Nomzod pasporti yoki ID kartasi (tug‘ilganlik haqida guvohnoma bilan nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fotosurati yopishtirilib, muhrlangan maktab ma’lumotnomasi) va nomzod ruxsatnomasi bilan xabarnomada belgilangan kunda kelishi shart.

Nomzod taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘z tahlilini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilingan test materiallari bilan birga Apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, apellyatsiya arizalari 25-sentabrga qadar (shu kuni ham) test topshirilgan ta’lim muassasida tuzilgan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting