Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Ma’lumki, mart va aprel oylarida ilk bor respublika akademik litseylari bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan Davlat test markazi tomonidan bepul tarzda o‘tkazildi.

Bunda test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi 25-martdan 27-martga qadar, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 15-apreldan 24-aprelga qadar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihon natijalari hisoblanib, 2021-yil 5-may kuni akademik litseylarga taqdim etildi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar imtihon natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litseydan bilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 17-may kunidan boshlab Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan olishlari mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting