Akademik litseylarga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

Tavsiya etamiz

2021/2022 o‘quv yili uchun Akademik litseylarga o’qishga kirish uchun hujjat topshirish istagida bo‘lgan, ma’lum sabablarga ko‘ra hujjat topshirishga ulgurmaganlar uchun 10 kun davomida onlayn tarzda «litsey.edu.uz» elektron platformasi orqali belgilangan hujjatlarni topshirish imkoniyati yaratilgan.
Akademik litseylarga o‘quvchilardan hujjatlarni qabul qilish 29 iyuldan boshlanib, 7 avgust (shu kuni ham) kuni soat 24:00 ga qadar davom etadi.
«Qabul yakunlanguniga qadar elektron platforma orqali onlayn arizangiz holatini tekshirishingiz va o‘zgartirishlar kiritishingiz mumkin», deyiladi Oliy ta’lim vazirligi xabarida.
Avvalroq O‘zbekistonda oliygohlarga kirish test sinovlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, 2021 yilgi test sinovlarida nechta savol tushishi ochiqlangan.