Akademik litseylarga qabul qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Tavsiya etamiz

Joriy yil 20 iyundan akademik liseylarda 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quvchilardan hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, o‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar akademik liseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Tavsiya etamiz: Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari e’lon qilindi

ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;

3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (oq fonda).

Bundan tashqari hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali yurtimizdagi akademik liseylarga o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn topshirishlari ham mumkin bo‘ladi.

O‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradilar.

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz: Davlat test markazi 2021 yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.