Tavsiya etamiz
oriy oʻquv yilidan boshlab, akademik taʼtil olgan talabalar oʻqishni “sirtqi”, “kechki”, “onlayn” shakllarga oʻzgartirishi va davom ettirishi mumkin boʻladi.
Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Qaramogʻida/xonadonida bemorga qarashi lozim boʻlgan talabalar;
sogʻligi tufayli oʻqishga kelish imkoniyati boʻlmagan talabalar;
sogʻligiga koʻra uyda qolishi kerak boʻlgan homilador ayol talabalar;
chaqalogʻi bor yosh talaba onalar;
harbiy xizmatni oʻtamoqchi boʻlgan talabalar va boshqa asosli sabab koʻrsatgan talabalar akademik taʼtil olishlari mumkin boʻladi.
Oʻtgan davrdagi akademik taʼtildan hozirgisining farqi talaba oʻqishdan chetlatilmaydi.
Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik taʼtil olishga sabab boʻlgan omilni koʻrsatgan holda ariza yozadi va maʼlumotnoma (spravka) taqdim qiladi.