Aldarko’sa va boy ertagi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Aldarko’sa va boy ertagi bolajonlar uchun marhamat.

Bir kuni Aldarko’sa yo’lda ketayotsa, uning oldidan boy chiqib qolibdi. U Aldarko’saga:

— Hoy Aldarko’sa, qani meni bir aldab ko’r-chi, qo’lingdan kelarmikan? — debdi. Aldarko’sa qarasa boy juda takabbur ko’rinadi. Aldarko’sa «buni qanday qilib aldasam ekan, quruq aldasammikan yoki ho’l aldasammikan», deb o’ylanib turibdi-da:

— Boy ota, aldar edimu hozir kayfim yo’qroq, — debdi.

— Nega kayfing yo’q? — debdi boy.

— Bir odamdan uch tanga olgan edim, shu ta’bimni xira qildi.

— Mana, senga eb ketarga uch tanga. Qani, endi aldab qo’yasanmi? — deb boy unga pul tutqazibdi.

— Rahmat sizga, boy ota, men mana bu pulni haligi nokastaga berib, kelishda aldar xaltamni olib kelaman. Ana undan keyin hangomani ko’rasiz, — deb Aldarko’sa jo’nab ketibdi.

Boy uni etti xuftongacha kutibdi, kelmabdi. Shundan keyingina aldanganini bilibdi.

Tavsiya etamiz:
Saxiy bilan baxil ertagi
Boyning o‘g‘li ertagi hikoyasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting