Tavsiya etamiz
Alifbe bayrami uchun barcha harflarga atalgan sherlar to’plami.
Mundarija
A
Assalom aziz maktab,
Assalom mehribon qalb,
Assalom ey ustozim,
Avvalo sizga ta’zim.
B
Bor bo‘l doim maktabim,
Buyuk bo‘lmoq maqsadim,
Bag‘ringda o‘qib albat,
Bo‘laman sodiq farzand.
D
Dong taratgan dostonim,
Vatan bog‘u, bo‘stonim.
Dunyo turguncha turgin,
Doimo obod bo‘lgin.
E
Ertaklarni sevaman,
Ertak jonu dilimdir,
Har narsaging kaliti,
Do‘stlarim bu bilimdir.
F
Fahrimsan aziz Vatan,
Fahrlarga to‘laman,
Unib o‘sib bag‘ringda,
Senga qalqon bo‘laman.
G
Gulman go‘zal gulzorda,
Ochilam bahorda,
Yurtim quyoshli,oyli,
Yaproqlarim chiroyli.
H
Hozirjavob bolaman,
Misoli gul, loloaman,
Hazilkashman do‘stlarim,
Buyukdir orzularim.
I
Ilm izlab tolmayman,
Ikki baho olmayman,
Intilib yuksaklarga,
Erishgum istaklarga.
J
Jajjigina qo‘limga,
Qalam tutgan mehribon,
Sizga rahmat ustozim,
Doim bo‘ling sog‘,omon.
K
Kitob menga do‘st,o‘rtoq,
Ko‘zlarim nuri har choq,
Uni o‘qib toymayman,
Qo‘llarimdan qo‘ymayman.
L
Lola,lola,lolajon,
Tog‘lardagi gul -alvon,
Iforlaring taratib,
Bog‘larimda bo‘l mehmon.
M
Mevalari asal qand,
Mehri qalbimga payvand,
Mening g‘o‘zal chamanim,
O‘zbekiston vatanim.
N
Navdalarda nogohon,
Nafis barglar ochildi,
Nurafshon quyoh nuri,
Har tarafga sochildi.
O
Onajonim olamga,
Oftob sochgan quyoshsiz,
Mehringiz daryo misol,
Tog‘larga yelkadoshsiz.
P
Polizda pishdi piyoz,
Pishdi qovun tarvuzlar,
Keling hirmon uyamiz,
Hasharga keling do‘stlar.
Q
Qaldirg‘ochim,qaldirg‘och,
Ikkimiz ayirmasin,
Qalbi qora qarg‘alar,
Qanoting qayirmasin.
R
Rost so‘zlamoq odatim,
Rostgoylik saodatim.
Nur ziyoga to‘laman,
Rostgo‘y inson bo‘laman.
S
Suv bo‘lmasa hayot yo‘q,
Suvsiz unmaydi nihol,
Suv bu obi haytdir,
Suvni qilmaylik uvol.
T
Tarozining toshi bor,
Tog‘larning ko‘z yoshi bor,
Taraqqiyot yo‘lida,
So‘nmas — yurt quyoshi bor.
U
Ustoz ulug‘,mo‘tabar,
O‘gitlari tillo,zar,
O‘qitgan chekib zahmat,
Ustoz sizga ming rahmat.
V
Vodiylaring gullagan,
Vatan bog‘laring chaman,
Bag‘ringda yayrab,yashnab,
Men baxtlarni quchaman.
Z
Zo‘r olim bo‘lay desang,
Ziyoga to‘lay desang,
Kitobga bo‘lgin o‘rtoq,
Kitob o‘qigin har choq.
Sh
Shamoldek shoshma sira,
Daryodek toshma sira,
Yelga sochma shahdingni,
Mehnatla top baxtigni.