Allergiyaga moyilligi bor kishilar sovuqdan qanday himoyalanishlari kerak?

Allergiyaga moyilligi bor kishilar sovuqdan qanday himoyalanishlari kerak?

— Anomal ob-havo sharoitida ba’zi bemorlarda sovuqdan allergiya kuzatilishi mumkin. Bu terida qizarish, shish, pufakchalar va qichishish kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

🩺 Ana shunday belgilar qayd etilsa, allergolog-immunologga murojaat qilish va shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, maxsus sinamalarni topshirish zarur. Shundan so‘ng mutaxassis tegishli davo muolajalarini belgilaydi.

❓Xo‘sh, bu turdagi allergiyaga moyilligi bor kishilar sovuqdan qanday himoyalanishlari kerak?

🧥🧣🧤 Avvalo, qalin kiyining! Qo‘lqop, bosh kiyim, sharf va issiq paypoqlardan foydalaning!

🩺 Izg‘irin haroratda ko‘chaga chiqishdan avval shifokor tavsiya etgan himoya kremlari va maxsus malhamlarni qo‘llang!

🍹Sovuq ichimlik va yeguliklar iste’mol qilmang!

🚿 Yuvinish va cho‘milish chog‘ida qattiq mochalkalardan foydalanmang!

🍱 Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar, darmondorilar, temir, kalьsiy, sink, kaliy, selenga boy taomlar iste’mol qiling!

Ilmira Razikova,
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori

Tavsiya etamiz  Dunyo qit’alari nomlari, nega ular shunday nomlangan?
Прокрутить вверх