Prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktablariga qabul 2023 onlayn ariza topshirish qo’llanma

Prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktablariga qabul 2023 onlayn ariza topshirish uchun qo’llanma batafsil bilib oling.

Mundarija

ariza.piima.uz qabul 2023 onlayn ariza topshirish

Prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktablariga onlayn ariza topshirish bo’yicha video-qo’llanma taqdim etilmoqda.

Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

Ushbu video qo’llanma Prezident ta’lim muassasalari agentligi tayyorlandi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Hujjatlar namunasi

Tavsiya etamiz: Prezident maktablari uchun namunaviy savollar to’plami

Prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktablariga o‘quvchining baholariga qanaqa talab qo‘yiladi

❓ Prezident maktablariga talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a’lo) bo’lishi lozim.

Tavsiya etamiz  Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar, kunduzgi va sirtqi kvotalar 2023

❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ 2023-2024-o’quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

❓Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun o‘quvchining baholariga qanaqa talab qo‘yiladi?

✅Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan talabgorning baholar tabelida 5 baho («a’lo») bo‘lishi talab etilmaydi.

❓Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yo‘nalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

✅Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2 xil, ya’ni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tashkil etiladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

❓Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

✅2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
➖aniq fanlar yo‘nalishiga 5-sinfga
➖tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

❓ Biz oilaviy xorijda yashaymiz. Farzandim ayni paytda 4- sinfni tamomladi. U Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

✅O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

Tavsiya etamiz  Tarix va Huquq fanlaridan fan oyligini o’tkazish tartibi, tadbir senariysi, dasturi

Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.

Прокрутить вверх