Askarlar haqida eng sara sherlar to’plami qabul qiling.
Mundarija
ASKARLAR.
Muallif: Qodir Qaxxor
Yurtning asl jasur og’loni,
Sizlar borki obod shaxarlar.
Chegaramiz metin qalqoni,
Joni fido mag’rur askarlar.
Vatan uchun joningiz fido,
Uxlamaysiz hatto saxarlar.
Sizni doyim qo’llasin xudo,
Omon bo’ling doyim askarlar.
Yurtning erkin o’ylaysiz tinmay,
Jonkuyar yo’q dunyoda sizday,
Qaddingiz tik egilmay sinmay,
Yurtga qalqon mag’rur askarlar.
Tungi uyqu sizdan ko’p yiroq,
Kor qilmaydi oqshom qo’rqular.
Vatan uchun yashaysiz ko’proq,
Vatan ko’rki mag’rur askarlar.
Tinchlik asli bebaxo nemat,
Shu tinchlikni asraganlar mart,
Yurtimiz tinch shudur xaqiqat,
Sizlar borki mag’rur askarlar.
Tinchlik Posbonlari
Yurtimiz mard,o‘glonlari,
Tinchligimiz posbonlari,
Biz deb uhlamas tunlari,
Sog‘ bo‘linglar,ey do‘stlarim !
Qo‘rqmaysizlar,dushman,yovdan,
Vijdoningiz ustun jondan,
Hizmat qilib chin ko‘ngildan,
Charchamanglar ey do‘stlarim!
Sizlar bor,tinch uhlagaymiz,
Kocha ko‘yda,sog‘ yurgaymiz,
Uzoq umrlar tilaymiz,
Kam bo‘lmanglar ey dostlarim!
Biz ham sizlarga o‘xshaylik,
Sizlardan ornak olaylik,
O’zbekistonni asraylik,
Tinch bo‘linglar ey dostlarim!
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin,
Martabangiz ulug‘ bo‘lsin,
Orzu-niyatingiz kulsin,
Sizlarni ROBBiM asrasin!
Ollohim asragin,mard o‘g‘lonlarni,
Vatan uchun bu jonin fidolarni,
Sog‘-salomat qilgin,bu chin dostlarni,
Orzusiga yetkazgin,posbonlarni!
Tavsiya etamiz: 14-yanvar vatan himoyachilari haqida sherlar to’plami
O’zbekiston Askari Nodira Xasanova sheri
Qadamingdan o‘t chaqnar
liboslaring yarashar,
Ko‘rganlar xavas qilar-
O’zbekiston Askari!
Sen o‘z o‘rning sardori
Ximoyangda yosh-kari
Sergak turgin, charchama,
O’zbekiston Askari!
Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning-
O’zbekiston Askari!
Ardoqlagin Vatanni
Bag‘ishlab jonu tanni
Yo‘latmagin dushmanni
O’zbekiston Askari!
Ozod yurtim bor, deb ayt
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt-
O’zbekiston Askari!
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar
Ahd-vafoni ajdodlardan o‘rgangay –
El-u yurtim degan, ko‘ksi qalqonlar,
Mudom sharaf-u shonga burkangay –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Yuragida nomus bo‘lar, or bo‘lar,
Mag‘rurlikda lochin bo‘lar, sor bo‘lar,
Orzulari tog‘dek ulug‘vor bo‘lar,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Bo‘stoniga quzg‘un-zog‘ni yo‘latmas,
Qo‘rg‘onining bir toshin ham qulatmas,
Ichgan qasam, aytgan so‘zidan qaytmas,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Suvlar kechsa hamki, etik yechmagay,
Yovuzlarning hiylasiga uchmagay,
Jondan kechsa hamki, yurtdan kechmagay,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Toki bordir, mard, jasur posbonlari,
Musaffodir hur Vatan osmonlari.
Omon bo‘lsin, el fidoyi jonlari –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Askarlar
Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR.
Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR.
Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.
ASKAR QO’SHIG’I
Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!
Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!
Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.
Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!
Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!