Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar attestasiya bo‘limining xabar berishicha, 2021 yilda o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasi boshlangani haqida xabar berilganidan so‘ng, pedagoglardan malaka (test) sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun test namunalaridan berish to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

«Murojaatlarni inobatga olgan holda hamda pedagoglarga qulaylik yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan onlayn-repetisiyalar tashkil etilmoqda.
Ushbu repetisiyalar orqali pedagoglar onlayn-test dasturi bilan yaqindan tanishishlari, dasturdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishlari, o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni pka.tdi.uz-elektron bazasiga to‘liq va to‘g‘ri kiritilganligiga ishonch hosil qilish va nazorat materiallari yo‘nalishlari bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Dastlabki, Onlayn-repetisiyalar joriy yilning 10-11 fevral’ kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Onlayn-repetisiyalardan foydalanish talablari:
Inspeksiyaning pka.tdi.uz-elektron bazasiga pedagoglar haqida quyidagi ma’lumotlar to‘liq va aniq kiritilgan bo‘lishi kerak:
- Viloyat;
- Tuman (shahar);
- Ta’lim muassasasi (raqami yoki nomi)
- Pedagogning FISh (to‘liq);
- Attestasiyadan o‘tayotgan o‘quv fani;
Attestasiyadan o‘tkazganlik uchun normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan (bazaviy hisoblash miqdorining yuz foizi, ya’ni 245 000 (ikki yuz qirq besh ming) so‘m ) miqdorda to‘lov kvitansiyasining nusxasi.
Attestasiyadan o‘tkazganlik uchun normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan (bazaviy hisoblash miqdorining yuz foizi, ya’ni 245 000 (ikki yuz qirq besh ming) so‘m ) miqdorda to‘lov kvitansiyasining nusxasi.
Yuqoridagi ma’lumotlarda noaniqlik bo‘lsa, ta’lim turlari bo‘yicha hududiy (tuman, shahar) mas’ullariga murojaat qilishlari yoki Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishlari tavsiya etiladi», – deyiladi xabarda.