Attestasiyadan o‘tish uchun necha ball to‘plash kerak?

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Attestasiyadan o‘tish uchun necha ball to‘plash kerak bilasizmi. Bu haqda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan javob berildi.

❓ Attestasiya bo‘yicha yangi nizomning shu joyiga tushunmayapman. Agar o‘qituvchi testdan 60 ball olsa keyin maktab tomonidan 10 ball berilsa ikkalasi qo‘shib hisoblanib 70 ball bilan 1-toifaga o‘tadimi? 70 ball olsa testdan 10 ball maktabdan berilsa 80 ball bilan oliy toifali bo‘ladimi?

✅Javob: Nizomning 44-bandi: Ikkita bosqich natijalariga ko‘ra, ya’ni Pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi+Malaka (test) sinovlari natijalarining yig‘indisi asosida qarorlar qabul qilinadi. Masalan:

📌 Amaldagi toifasi oliy yoki birinchi bo‘lsa:
20+60=80 Oliy toifa;
18+62=80 Oliy toifa;
16+64=80 Oliy toifa;
14+66=80 Oliy toifa
0+80=80 Oliy toifa beriladi!

📌 Amaldagi toifasi birinchi yoki ikkinchi bo‘lsa:
20+50=70 Birinchi toifa;
18+52=70 Birinchi toifa;
16+54=70 Birinchi toifa;
14+56=70 Birinchi toifa
0+70=70 Birinchi toifa beriladi!

📌 Amaldagi toifasi ikkinchi yoki mutaxassis bo‘lsa:
0+60=60 Ikkinchi toifa
2+58=60 Ikkinchi toifa;
4+56=60 Ikkinchi toifa;
6+54=60 Ikkinchi toifa;
20+40=60 Ikkinchi toifa beriladi.

Ballarni qo‘shib hisoblash bo‘yicha yana bir qancha natijalar ham qayd etilishi mumkin (yakuniy ballar 100, 98, 96, 94, 96 va h.k.z)!

📌Pedagog kadrlar attestasiyasiga oid o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Ta’lim inspeksiyasining telegram kanali (@uztdi) orqali javob olishingiz mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting