Attestasiya imtihoni uchun Ijodiy imtihonlar o‘tkazish muddatlari belgilandi

Ijodiy imtihonlar o‘tkazish muddatlari belgilandi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xabar bermoqda.

✅ Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Madaniyat vazirligining qo‘shma qaror bilan Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, Respublika musiqa va san’at kolleji, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagog kadrlari uchun o‘quv fani bo‘yicha ijodiy sinovlar o‘tkazish jadvali tasdiqlandi.

📆 Jarayonlar 13–31 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

🏢 Ushbu jadval orqali hududlarda malaka (test) sinovlari o‘tkaziladigan binolar bilan tanishishingiz mumkin.

📌 Pedagog kadrlar attestasiyasi malaka (test) sinovlari o‘tkazilish muddatlari haqida Ta’lim inspeksiyasining rasmiy kanali (@uztdi) orqali xabar beriladi.

Tavsiya etamiz  Attestasiya sinovlarini o‘tkazish jadvali
Прокрутить вверх