Attestatsiya imtihoni yuzasidan apellyatsiya qanday beriladi?

Tavsiya etamiz

Attestatsiya imtihoni yuzasidan apellyatsiya qanday beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarni attestasiyadan o’tkazish tartibi to’g’risida nizomda attestasiya jarayonlari uchun apellyasiya tartibi belgilangan.

Unga ko’ra, talabgor apellyatsiyani yozma ravishda yoki onlayn ravishda berihsi mumkin. Yozma shakli bo’yicha namunani yuqoriroqda tashlaganman. Onlayn apellyatsiyani 👉 https://tdi.uz/uz/application/test ushbu link orqali berishingiz mumkin. Bunda ariza ro’yxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko’rib chiqishlari kerak. Va attestatsiya komissiyasining qarori sizga qaror chiqqan kundan e’tiboran 5 kun muddatda taqdim etilishi kerak.
Yana bir muhim jihat. Nizomning 4-bob 58-bandida Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkinligi aytilgan. Ya’ni ariza berish jarayonida o’zimning ishtirokimda ko’rib chiqishingizni so’rayman deb yozsangiz ham bo’ladi.
Agar yuqoridagi nizom talablari buzilsa, muddatlariga amal qilinmasa siz Ta’lim inspeksiyasini belgilangan tartibda sudga berishingiz mumkin. Oldingi yillarda apellyatsiya berganlarning ko’pchiligiga javob berilmagan. Bu safar ariza berganingizda ariza topshirish jarayonidan isbot tariqasida sudga taqdim etish uchun video screen, skrinshotlarni saqlab qo’yishni tavsiya etaman.

Yana sizda savol bo’lishi mumkin, «Apellyatsiyaga berib qanday natija olishim mumkin?» degan. Nizomning 59-bandida bu haqida batafsil so’z boradi:

Apellatsiya komissiyasi pedagog kadrning attestatsiya jarayonlariga oid murojaatini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

🔹 pedagog kadrning to‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar, shuningdek, sinovlarni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar ANIQLANMAGAN taqdirda, attestatsiya natijalarini O’ZGARTIRISHSIZ qoldirish;
🔹 pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi ANIQLANGAN taqdirda, attestatsiya natijalarini O’ZGARTIRISH;
🔹 o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, test sinovlarining QAYTADAN topshirilishini TASHKIL ETISH.

Tavsiya etamiz: Barcha fanlardan attestatsiya namunalari savollar javoblari