B harfi boshlanadigan barcha ismlar manosi.

Tavsiya etamiz

B harfi boshlanadigan barcha ismlar arabcha manosi.

Baxtiyor — arabcha-forscha; baxt, qut, istiqbol yor bo‘lgan degan ma’nolarni anglatadi.

Bahriddin — arabcha; dindan bahra oluvchi de- gan ma’noni beradi.

Bahrom — forscha; Mirrix yulduzining nomi. Qadimgi Eron podshohlaridan birining ismi ham shunday bo‘lgan. Lug‘aviy ma’nosi — shamshir.

Begmat — o‘zbekcha-arabcha; Bek va Muhammaddan iborat.

Behbud — forscha; tinch, osoyishta, farog‘at de- makdir.

Behzod — bu ham forscha bo‘lib, aslzoda ma’no- sida keladi. Aksariyat ziyoli oilalarda Navoiy dav- rida o‘tgan mashhur musavvir Behzodga taassub qilib shunday ism qo‘yganlar.

Bilol — arabcha; uch kunlik oy deganidir.

Bobur — o‘zbekchy; ba’zi manbalarda yo‘lbars deb talqin qilinadi. Ma’nosidan qat’i nazar, o‘O‘zbek oilalarida tug‘ilgan chaqaloqqa Boburshohga taas- suban shu ismni beradilar.

Bozor — forscha; bozor kuni tug‘ilgan bolalarga pgunday ism qo‘yishgan. Yoki farzandtalab oilalarda ham shu ismni qo‘yish rasm bo‘lgan.

Boqi — arabcha; bolaga umri uzoq bo‘lsin, degan ma’noda ngunday ism beradilar.

Bunyod — forscha; asos demakdir.

Burhon — arabcha; hujjat, dalil degan ma’no- larni anglatadi.

Barno — forscha; aynan yosh, navjuvon; chiroyli, xushbichim, xushqad ma’nolarida keladi.

Barchin — qadimiy turkiycha bo‘lib, shoyi, ipak mato, ya’ni ipakdek qiz demakdir. «Alpomish» dos- tonining bosh qahramoni Barchin ham nazarda tu- tilgan bo‘lishi mumkin.

Baxtigul — arabcha-forscha\ saodat, tole, istiq- bol ma’nolarida qiz bolalarga qo‘yiladi.

Bahor — forscha\ qiz farzandlarga bunday ism berish keng tarqalgan. Bahor faslida tug‘ilgan qiz- larga shunday ism beriladi.

Bodom — forscha; bodom daraxti gullaganda tu- g‘ilgan qizga shunday nom qo‘yishadi.

Bonu — forscha\ xonim, xotun, begim, bibi, mahbu- ba ma’nolarida keladi. Bunday ism yoki qo‘shimcha as- lzodalar nasliga taalluqli bo‘lib, hukmdor xonadon- lariga mansub qizlarga berilgan. Bonuning yana bir ma’nosi sohibadir.