Chet tillari B2 va unga tenglashtirilgan sertifikatlar uchun toifa olishda imtiyozlar beriladimi?

Hozirgi vaqtda chet tillari fani o’qituvchilarini qiziqtirib savol B2 va unga tenglashtirilgan sertifikatlar uchun toifa olishda imtiyozlar beriladimi? Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Nizomning 36-bandi to‘rtinchi xatboshi: «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga yoxud tegishli darajadagi tilni o‘qitishning kasbiy mahoratlarni aniqlovchi sertifikat ega chet tili fani o‘qituvchilariga o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi». Shu sababli B2 va unga tenglashtirilgan sertifikatlar uchun toifa olishda imtiyozlar berilmaydi.

🗂 C1 va unga tenglashtirilgan sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglar Nizomning 23-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

Shuningdek, navbatdan-tashqari attestasiya bo‘lsa, belgilangan miqdordagi to‘lovni ham amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o’tamiz talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ingliz tilidan CEFR C1 daraja test sinovlari formatiga o‘zgartirishlar kiritildi albatta tanishib chiqing marhamat.

Tavsiya etamiz: DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab oling

Tavsiya etamiz  2020-2021 o’quv yili uchun tayanch o’quv rejasi
Прокрутить вверх