Basketbol o’yin taktikasi asoslari

Tavsiya etamiz

Basketbol o’yin taktikasi asoslari

Reja

3.1. Asosiy tushunchalarning ta’rifi

3.2. Taktika tasnifi

3.3. Hujum taktikasi

3.4. Yakka (individual) harakatlar

3.5. Guruhli harakatlar

3.6. Jamoa harakatlari

3.7. Shaxsiy pressingga qarshi hujum

3.8. Himoya taktikasi

3.9. Yakka harakatlar

3.10. Guruh harakatlari

3.11. Jamoa harakatlari

3.1. Asosiy tushunchalarning ta’rifi

Taktika – bu sport kurashi olib borishning usul va ko’rinishlarini, tadbirlarini o’yinning rivojlanish qonuniyatlarini va aniq raqibga qarshi ularni ratsiyonal qo’llashni amaliy va nazariy jihatdan o’rganadigan bo’limdir.

Taktik tayyorgarlik avvalo har xil ko’rinishdagi kombinatsiyalarni o’rganishni taqoza etadi. Kombinatsiya deganda, basketbolchilardan birining savatga hujum qilish uchun sharoit yaratishga yo’naltirilgan, aniq sistema chegarasida guruh yoki jamoaning hamma o’yinchilari tomonidan ilgaridan o’rganilgan va o’zaro kelishilgan harakatlar tushuniladi. Bundan tashqari kombinatsiya, tipovoy o’zaro harakatlar, ularning uyg’unligi va yig’ilgan musobaqa tajribalari asosida o’yinchilar tomonidan ijodiy tuzilgan va amalga oshirilgan bo’lishi mumk.

Basketbol taktikasi o’yinini olib borishda qo’llanadigan juda ko’p vositalarga, usullarga va sistemalarga boydir. Jamoalar hujumni yoki himoyani yakka, guruhli va jamoa taktik harakatlari yordamida uyushtiradilar.

3.2. Taktika tasnifi

O’yinning asosiy mazmuniga muvofiq taktika hujum va himoya taktikasiga bo’linadi. Uning har bir bo’limi o’yinchilari harakatini tashkil qilish prinsipiga qarab yakka, guruhli va jamoaliga bo’linadi. O’z navbatida, har bir guruh o’yinni olib borish ko’rinishini hisobga olib, ko’rinishlarga bo’linadi (masalan, yakka harakatlar, hujum davomida o’yinchilarning to’psiz harakati va o’yinchining to’p bilan harakati ham bo’lishi mumkin). O’yin harakatlarining aniq mazmuniga qarab ko’rinishlar usullarga bo’linadi. Bajarishning har xil xususiyatlarga ega bo’lgan usullar variantlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lishadi. Masalan, markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi pozitsion hujum qilish usullaridan biri hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida tayangan markaziy o’yinchilar sonini hisobga olib, bu sistema uchta variantga ega bo’lishi mumkin: bitta markaziy o’yinchi orqali, ikkita va uchta markaziy o’yinchilar orqali hujum qilish.

3.3. Hujum taktikasi

To’pni egallagan jamoa hujum qiluvchi jamoa bo’lib hisoblanadi. Hujum qilish jamoaning o’yindagi asosiy vazifasidir. Hujum harakatlari yordamida jamoa tashabbuskorlikni qo’lga kiritadi va raqibni o’ziga bo’lgan taktik reja qabul qiishga majbur qiladi. Hujum qiluvchi jamoaning bosh maqsadi raqib savatiga to’p tashlashdir. 30 soniya ichida bunga erishish uchun uyushtirilgan ilgaridan o’ylab qo’yilgan va to’pni raqib shchitiga yaqinlashtirishga mo’ljallangan yaxshi tayyorlangan yo’llardan, hujumni bevosita o’tkazish va shchitdan qaytgan to’p uchun kurash imkoniyatini taminlash uchun, shu yakunlovchi kurash uchun qulay sharoitlar tuzishdan foydalanish kerak. Hujum taktikasi, jamoani aniq raqibga qarshi va musobaqaning har xil vaziyatlarida muntazam hujum olib borishning maqsadga muvofiqroq tadbir, usul va formalarini tanlab olish va ulardan foydalanishga imkon beradi. Hujum qilishning hamma harakatlari o’zining xarakteriga qarab yakka (individual) va jamoali hujumga bo’linadi. Taktika tasnifiga muvofiq harakatlar guruhli va jamoaliga bo’linadi.

3.4. Yakka (individual) harakatlar

Har bir basketbolchi jamoada bajaradigan vazifasidan qat’iy nazar, hujumda katta faollik ko’rsatishi lozim. Buning uchun u hujum usullarini puxta va malakali egallagan bo’lishi, o’yin sharoitini diqqat bilan kuzatishi, aniq vaziyatga eng mos pozisiya va harakatlarni tez xamda to’g’ri tanlay olishi kerak.

Joy tanlash va himoyachi taqibidan qutilish. To’psiz hujum qilayotgan basketbolchi to’pni qabul qilish, to’pli sherigiga himoyachini taqibidan ozod bo’lishida yordam berishi uchun maydonda ma’lum pozisiyani tanlaydi. Joy tanlash to’htashlar, burilishlar bilan birga yo’nalish malakalarini tezlik bilan o’zgartirib maydonda harakat qilish bilan bajariladi. Savatga tushmay o’tayotgan to’pni ilish uchun joyni to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega.

Ko’rsatilgan  usullardan tashqari chalg’itishlar. To’p bilan harakat qilayotgan basketbolchi eng avval himoyachidan qutilishga va savatga to’p otishga harakat qiladi yoki o’ziga bir necha himoyachilarni diqqatini jalb qiladi va himoyachidan bo’shagan sherigiga to’p uzatadi.

To’pni uzatish. Eng asosiysi taktik harakat bo’lib, savatga hujum uyushtirishning natijasi uzatishning yo’nalishiga va o’z vaqtida bajarilganligiga bog’liq. Basketbolchi uzatishdan oldin uning qaysi tomonga va qaysi basketbolchiga uzatilishi lozimligini hal qilish bilan birga mavjud vaziyatda yahshiroq samara keltira oladigan uzatish usulini va vaqtni tanlashi lozim.

To’pni yerga urib yurish. Bu to’pli basketbolchining asosiy yakka joydan joyga ko’chish vositasi bo’lib hisoblanadi. O’yinning o’zgaruvchan vaziyatini kuzata bilish to’pni yerga urib yurushda katta ahamiyatga ega.

Savatga to’p otish. Bu katta mas’uliyat bilan bajariladi, chunki to’p savatga tushmasa, uni raqib egallab olishi mumkin. Basketbolchi har gal savatga to’p otishdan avval o’zining va raqib jamoa basketbolchilarining maydonda joylashishini, shchitga  nisbatan o’zining pozisiyasini hisobga olishi, qulay holatni egallashi lozim.

3.5. Guruhli harakatlar

Guruhli harakatlar bu nihoyatda zarur taktik ma’lum tipovoy bloklardir, ulardan jamoaning tartibga solingan kombinasiyon harakatlarining fundamenti yig’iladi. Guruhli harakatlarda o’yinchilarning ijodiy malakalarining birikmalari paydo bo’ladi. Taktik sxemalar uchun ikki yoki uch o’yinchining o’zaro harakatlarining ma’lum usullari universal hisoblanadi.

Ikki o’yinchining o’zaro harakatlari. Ikki o’yinchining o’zaro harakatlarining asosiy usullariga “uzat va chiq” usuli, shuningdek, to’siq to’qnashtirish va kesishlar kiradi.

To’pni uzat va chiq”. O’yinchi to’pni sherigiga uzatadi, keskin yugurish finti bajarib himoyachiga yaqinlashadi, uni muvozanat holatidan chiqaradi, so’ng esa to’g’ri chiziq bo’yicha harakat qilib shchit oldiga chiqadi va savatga hujum qilish uchun to’pni oladi.

“To’pni uzat va chiq” o’zaro harakatning muvafaqqiyatli chiqishi uchun ko’proq yolg’ondakam taktik yo’llardan foydalaniladi. “To’pni uzat va chiq” usuli raqib shchitgacha bo’lgan masofani harakatda bosib o’tish va son jihatdan ustunlik – ikki kishi bir kishiga qarshi 2×1 amalga oshirishda hamda tez yorib o’tish davomida ham keng qo’llaniladi. Ma’lum o’zaro harakatlarda foydalanishning ustunligi ko’pincha basketbolchining shchit tomonga qisqaroq yo’l bo’yicha jasurona, qat’iy keskin yugurushi va raqibning to’sib qolishidan va itarib yuborishlaridan qurqmasdan to’pni olishga tayyorgarligiga bogliq.

To’siq. To’siq mohiyati qoyidagidan iborat: o’yinchi, o’z sherigini ta’qib qilayotgan himoyachi yaqinida shunday qilib joy tanlaydiki, u ta’qib qilayotgan o’yinchini ketidan kuzatishi mumkin bo’lgan qisqa yolni tosib qoysin. O’yinchi himoyachini harakat qilib o’tishga yo’l qo’ymaydi yoki sherigining yo’liga qaraganda uzunroq yo’ldan harakat qilishga majbur qiladi, hamda o’zi uchun qisqa vaqt ichida ta’qibdan qutilishga va savatga hujum qilishga imkon yaratadi. Bunda to’siq qoygan o’yinchi harakatsiz qolmaydi: himoyachi bilan to’qnashgach u buriladi va hujumga yordam berish uchun shchit tomonga chiqadi. Topli o’yinchi doim to’siq qo’ygandan keyin darhol hujumga kirgan sherigi raqib uchun xavfliroq bo’lishini nazarda tutishi kerak (26-rasm).

Tosiqning uch xili: yondan, orqadan va oldindan qo’yiladigan varianti bor.

Agar to’siq qo’yaotgan sherigini ta’qib qilayotgan himoyachining orqasida yoki yonida joylashsa, unda bu mos ravishda yoki orqadan qo’yilgan to’siq deb hisoblanadi. Uning maqsadi to’pli va to’psiz sherigini kerakli yo’nalishda to’pni urib yurishi yoki kerakli joyga chiqishi uchun ozod qilishdir. Agar to’siq qoytgan o’yinchi, sherigi va uni ta’qib qilayotgan himoyachi o’rtasida (orasida) yuzi yoki orqasi bilan turgan bo’lsa, u oldingi (ichki) to’siq qo’ygan isoblanadi, uning maqsadi – to’pni sherigini savatga to’p otish uchun ozod qilishdir. To’siqdan foydalanib o’yinchi hech qanday qarshiliksiz to’pni savatga otishi mumkin yoki agar ikkala himoyachi ham unga qarshi kelayotgan bo’lsa, to’siq qoygandan keyin tezda raqib shchiti oldiga chiqqan o’yinchiga to’pni uzatish mumkin.

To’psiz o’yinchi uchun to’siqlarni qo’llash, to’pli o’yinchiga qo’llashga nisbatan, ba’zan taktik jihatdan maqsadga muvofiqroq, chunki e’tiborsizroq ta’qib qilishadi (25-rasm).

To’siqqa to’qnashtirish. Hujumchi ma’lum vaqtda static holatda turgan o’z sheriklarining hoxlaganidan, ta’qib qiluvchi himoyachi yo’lida to’siq sifatida foydalanishi mumkin. Sherikning yo’nginasidan katta tezlik bilan yugurib o’tayotib, hujumchi uni ta’qib qilayotgan himoyachini sherigiga yoki himoyachiga to’qnashishga majbur qiladi. Bu bilan hujumchi huddi uni ta’qib qilayotgan himoyachini ko’zlagan pozisiyada turgan sherigiga to’qnashtiradi.

To’qnashtirishni to’psiz hamda to’pli o’yinchilar bilan amalga oshirish mumkin. To’p olib ketayotgan o’yinchi to’pni uzatib, himoyachini sherigiga to’qnashtirishga erishganidan keyin, undan to’pni qaytarib olish yo’li bilan savatga hujum qilishni yakunlashi mumkin. Bunday holda, to’qnashtirishni uyushtirayotgan o’yinchi to’qnashtirish amalga oshgan zahoti raqib shchiti tomonga tezda chiqishi kerak.

To’qnashtirishning hamma variantlarida asosiysisi – raqibni to’qnoshtirmoqchi bo’lgan o’yinchi o’z jamoadoshi yonidan unga juda yaqinlashib tez o’tishdir. Bu o’zaro harakatni qiynalmasdan amalga oshirish uchun bir oz oldinroq keskin yugurish finti bajariladi va bu bilan lozim bo’lgan yonalishni (bo’shatib) ozod qilib, himoyachiga yaqinlashadi. Boshqa qator hollarda himoyachilar, to’qnashish natijasida hujumchining savat tomonga yo’lini to’sishga harakat qilib, ilgariroq o’z shchiti tomon chekinishadi. Unda to’qnashtirishning shchit ostiga chiqish bilan yakunlash ma’noga ega bo’lmaydi. Ikkilanmasdan o’rta masofadan to’pni savatga otish kerak.

Uchburchak”. Hujumdagi qulay o’yin o’yin vaziyatlari uchburchak bo’yicha o’zaro harakat yordamida vujudga kelishi mumkin. Bunda uchburchakning chuqqisida turgan to’pli hujumchi, oldinga chiqishlari bilan savatga xavf solayotgan boshqa ikki sherigiga qaraganda raqib shchitidan uzoqroq bo’lishi kerak. Kanot bo’yicha harakat qilayotgan o’yinchi to’pni olgach, uni yana sherigiga uzatadi (uchburchak chuqqisiga), to’p u erdan darhol hujumni yakunlash uchun boshqa kanotga yuboiladi. “Uchburchakning” o’zaro harakati uzatishni taz bajarishni talab qiladi: u joyni almashtirish yo’li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bu o’zaro harakat ayniqsa, hujumchilarning tez yo’rib o’tishida himoyachilar ustidan son jihatidan ustunlikni (3×2) amalga oshirish paytida samaraliroq.

Uchlik”. Uchburchak holati bu o’zaro harakatda ham saqlanib qolib, to’pni bir tomonga uzatib, hujumning boshqa tomonga to’siq qo’yilishiga asoslangan. Masalan, maydonda 5-o’yinchi to’pni bir tomonga 4-sherigiga uzatayapti, o’zi esa maydonning boshqa tomonida 7-o’yinchi uchun to’siq qo’yapti. To’siqdan foydalanib 7-o’yinchi tezlik bilan jarima zonasiga kiryapti (to’siq qoygandan keyin shchit tomonga chiqqan 5-o’yinchi yordamida) 4-o’yinchidan to’pni oladi va savatga hujum qiladi.

Bu vaqtda, o’rta masofadan savatga to’pni tashlashga yoki to’p yoqotilgan himayani ta’minlash uchun 4-o’yinchi maydon markaziga o’tadi. “Uchlik”ni bajarishda har xil chalg’ituvchi variantlardan foydalaniladi. Masalan, agar 1-himoyachi to’siqdan qochib, jarima otish zonasiga chekinsa, unda 7-o’yinchi yon chiziq bo’ylab raqib shchiti tomoniga keskin yugurishi mumkin yoki 5-o’yinchi sherigi 7-ga o’zining to’siq qoyish maqsadini himoyachilarga ko’rsatib, yarim yo’lda yugurish yo’nalishini o’zgartirish va shchit tomonga 4-o’yinchidan to’pni olish va savatga tashlash uchun shiddat bilan chiqishi mumkin.

Kichik sakkiz”. Uch o’yinchi to’pni urib yurish bilan birin-ketin kesishishdan foydalanib, shu qatnashchilarning harakat qilgan yo’llari “8” sonini eslatadigan “kichik sakkiz” deb nomlanuvchi o’zaro harakatni bajarishlari mumkin. Usul siklik xarakterga ega va savatga hujum qilish qulay vaziyat kelmaguncha hujumda ketma-ket 4-5 marta qaytarilishi mumkin.

Kesishib chiqish”. Uch o’yinchining bu o’zaro harakati, raqib shchitiga orqasi bilan turgan uchinchi (odatda markaziy) o’yinchidan bevosita oqish joyda ikki o’yinchi tomonidan amalga oshiriladigan kesishishni o’zida mujassamlashtirgan.Masalah 6-o’yinchi to’pni 5-markaziy o’yinchiga uzatiyapti va sherigi 4 bilan birga, deyarli u bilan bir vaqtda fintlarni bajargandan keyin to’pni u yoki bu sherigiga savatga hujum qilish uchun oshirib berishi yoki o’rta masofadan savatga otishi mumkin bo’lgan markaziy 5-o’yinchi yonidan yugurib o’tishadi. Bu vaziyatda 6 va 4 himoyachilar oldida to’qnashishdan qochish hamda markaziy o’yinchi himoyachi juftiga urilib ketmasligi vazifasi turadi.

“Kesishib chiqish”ni faqat shchit to’g’risida emas, balki yo’n chiziq tomonidan ham o’tkazish mumkin.

3.6. Jamoa harakatlari

Basketbolda hujum muvaffaqiyatining asosi rasiyonal yo’llar bilan va iloji boricha tezroq o’yinchilardan biriga savatga hujum qilish uchun qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan jamoa harakatlardir. Butun jamoa maqsadlariga shaxsiy harakatlarning boysinishini, bir-birini tushunishni, aniq tashkily formulalarni talab qiladigan jamoa harakatlarisiz, hujumda to’laqonli o’yin bo’lishi mumkin emas. Juda kuchli, lekin sheriklari bilan birgalikda to’g’ri (oqilona) harakat qila olmaydigan o’yinchilardan tuzilgan hujum qiluvchi jamoa, malakali raqib ustidan kamdan-kam g’alabaga erishishi mumkin.

Jadal hujum

Tez  yorib  o’tish. Bu – raqib ustidan jismoniy va texnik tayyorgarlikdagi ustunlikdan foydalanishga imkon beradigan, hujumning juda samarali sistemasidir. Uning mohiyati shundaki, to’pni egallagan o’yinchilar har gal qarshi hujumga o’tishadi, raqib shchitgacha bo’lgan masofani qisqa vaqt ichida engishga, son jihatdan ustunlikka erishishga va bundan foydalanib, yaqin masofadan savatga hujum qilishga harakat qilishadi.

Tez yorib o’tishga hammadan ko’proq, agar jamoa to’pni raqibdan olib qo’ysa yoki o’zining shchitidan sapchib qaytgan to’p uchun kurash paytida unga ega bo’lganda amalga oshiriladi. Biroq, to’pni yo’n yoki en chiziqdan o’yinga kiritilishi zahoti, shuningek, agar raqiblar qarshi hujumga o’tgan o’yinchilarga tez oshirib berishga faol qarshi harakat qila olmasalar, baxs va boshlang’ch to’pni o’yinga tashlash paytida son jihatdan ustunlikka erishish mumkin. Son jihatdan o’yinchilar barobar bo’lgan paytda (1×1 yoki 2×2) jasurona va qatyi yakka kurashish uchun imkoniyat borligini ham hisobga olish kerak.

Tez yo’rib o’tishni uch qismga bo’lish mumkin: boshlanish, rivojlanish va yakunlash. Birinchi qismning muvaffaqiyati, oldinga keskin chiqishning tezligi bilan, har bir qatnashchining oldinga chiqishga harakat qilishi, to’pni birinchi uzatishning (ortiqcha harakatlarsiz) o’z vaqtida uzatilganligi bilan aniqlanadi. Agar, albatta, to’pni sherigi egallashiga ishonch bo’lsa, u to’pni egallashga tayyorlanayotganda, oldinga harakat qilishni boshlashi bilanoq, o’yinchilar raqiblardan uzoqlashadi. Odatda, yo’rib o’tishda, himoyaning birinchi chizig’ida joylashgan 2-3 o’yinchi faol qatnashadilar, to’rtinchi o’yinchi ularga ko’mak beradi, beshinchi o’yinchi esa orqa tomonni straxovka qilishni ta’minlaydi. Bu o’yinchilarning harakat yo’nalishi ularning maydonda joylashganiga va jamoa to’pni egallay olgan joyiga bog’liq. To’psiz o’yinchilar keskin yugirgan vaqtda, ularning to’p egallagan sherigi raqibdan oldinda paydo bo’lgan o’yinchiga to’pni tezda uzatishi kerak (27-rasm).

Jamoa o’yinda tez yo’rib o’tishdan foydalanishga harakat qilsa, u buning uchun kerakli zamin yaratishi kerak. Gap to’pli o’yinchiga qarshi himoyada doim faol ta’sir qilish to’g’risida, o’zining shchiti va oldida sapchigan to’p uchun yaxshi tashkil qilingan kurash to’g’risida, to’pni olib qo’yish uchun bo’ladigan harakatchanlik to’g’risida ketyapti.

Tez yo’rib o’tishning ikkinchi qismi – rivojlanish, o’yinchilar keyingi to’g’ri yo’l bo’ylab harakat qilishlarini, to’pni urib yurishni va maydonning o’rta qismini tezroq o’tish uchun hujumchilar o’rtasidagi to’pni bir-ikki uzatishni o’z ichiga oladi. Vaqt bo’yicha bu qism 2-3 soniyagacha cho’ziladi.

Yo’rib o’tishning yakunlovchi qismi — raqib yaqinida bo’lib o’tadi va 1,5 soniya atrofida davom etadi. Savatga yakunlovchi otishni odatda, to’pni urib yurishdan keyin yoki o’yinchining shchit ostiga to’p uchun tez chiqishdan keyin bajariladi. Umuman, yaxshi tayyorlangan jamoa, to’pni uzatishni uch martadan orttirmasdan tez yorib o’tishni 4-6 soniya ichida amalga oshiradi.

Tez yo’rib o’tish uch usulda bajariladi:

— raqib shchiti tomon uzun uzatish bilan, bunda aslida ikkinchi qism chiqib ketadi;

— maydon o’rtasidan (to’pni urib yurish bilan va olib yurmasdan);

— yo’n chiziqlar bo’ylab.

Pozitsion hujum. O’yin davomida jadal hujumni yakunlashga har doim erishilavermaydi. Raqib jamoali himoyani yushtirishga ulguradigan va hamma hujumchilarni to’sadigan holler bo’libturadi. Ushanda jamoa, yaxshi yushtirilgan himoyaga hamma beshtala o’yinchi qatnashadigan pozitsion hujumni qarshi qoyishi kerak. Pozitsion hujumda basketbolchilar yakunlovchi to’p otishni tayyorlashib raqib himoyasiga bosqichma-bosqish (ketma-ket) engishadi. O’yin qoidasi bo’yicha bunday tayyorgarlikka 30 soniyagacha vaqt beriladi. Bu vaqt ilgaridan o’rganilgan har qanday qiyinchilikdagi kombinatsiyani qo’llash uchun yetarlidir, agar u barbod bo’lsa (amalga oshmasa) o’rta yoki uzoq masofadan taktik jihatdan asoslangan otishga sharoit yaratish kerak.

Pozitsion hujumda, jadal hujumdagi kabi, uchta fazani ajratish mumkin; boshlanish – jamoaning yushgan holi oldingi zonaga o’tishi va o’yinchilarni ko’zlagan pozisiaylarga joylashtirish; rivojlanish savatga hujum qilish uchun qulay vaziyat yaratish maqsadida bir qator o’aro harakatlari (seriyalarni) o’tkazish (hujumchini ta’qibdan ozod qilish, yakka olishishning qulay sharoitlarini ta’minlash va hakoza); yakunlash – o’yinchi tomonidan savatga hujum qilishni bevosita o’tkazish va sapchigan to’p uchun faol kurashni ta’minlash.

Pozitsion hujumda ikki sistema tashkil topgan: “markaziy o’yinchi orqali” va “markaziy o’yinchisiz”.

Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi, ayniqsa, (hammadan ko’ra) maqsadga muvofiqdir. Buni (sistemani) qo’llayotgan jamoaning harakatlari, istalgan daqiqada to’pni olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun odatda shchitda shchitga orqasi bilan o’zining sheriklariga yuzi bilan turgan markaziy o’yinchining etakchilik roliga (asoslanadi) tayanadi. Markaziy o’yinchi hujum tayo’rgarligining huddi o’zagidek hisoblanadi. Hamma kelgan sheriklari, unga faol kelishilgan harakatlari bilan qullab quvvatlab, qulayroq vaziyatga unga to’pni oshirib berishga harakat qiladilar (28-rasm). Qulay vaziyatda to’pni olgan markaziy o’yinchi:

— uni savatga otishga urinib ko’rishi;

— uni ta’qib qilayotgan himoyachini yakka olishishda aldab o’tishi, shchit oldiga chiqishi va to’pni savatga otishi;

— to’pni sheriklardan birortasiga uzatishi;

— uch ochkoli otish uchun to’pni uzoqga maydon ichida uzatishi mumkin.

Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasining asosiy variantlari – bitta markaziy o’yinchi orqali va ikkita markaziy o’yinchi orqalidir. Hozirgi zamon sport amaliyotida uchta markaziy o’yinchi orqali hujum qilish juda kam qo’llaniladi.

Markaziy o’yinchilarning va ularning sheriklarining shaxsiy imkoniyatlariga shuningdek jamoaning umumiy taktik maqsadlariga qarab musobaqalarda boshlang’ich joylashishning har xil sistemalarini (pozitsiyalarini) qo’llashadi.

To’pni markaziy o’yinchiga uzatgandan keyin shchit tomonga to’g’ri chiziq bo’ylab chiqishdan tashqari, hujum qilayotgan jamoa, pozitsion hujum uchun jamoaning asosiy boshlang’ich joylanishi bilan ikki yoki uch o’yinchilarning ma’lum bo’lgan o‘zaro harakatlarining birin-ketin qo’shilib ketishiga asoslangan, ilgaridan o’rganilgan taktik kombinatsiyalardan foydalanishi kerak.

Kombinatsiyada deyarli har doim jamoaning hamma o’yinchilari qatnashishadi, ba’zi birlari asosiy hujum qiluvchi harakatlarni amalga oshirishadi, boshqalari – ozod qiluvchi yoki chalg’ituvchi, uchinchilari – orqa xavfsizligini ta’minlaydigan harakatlarni amalga oshirishadi.

3.7. Shaxsiy pressingga qarshi hujum

Shaxsiy pressinga qarshi kurashayotgan jamoa taktik va texnik xarakterga ega bo’lgan bir qator sharoitlarni bajarish kerak:

1) to’pni tezda o’yinga kiritish;

2) tezlik bilan himoyani yo’rib o’tish uchun operativ kenglikka chiqishi yoki hech bo’lmaganda 10 soniya ichida to’p bilan raqibning maydoniga o’tishi;

3) zich ta’qib paytida hujumning shiddati va taktik tizimini saqlash;

4) hujumning boshqa, maqsadga muvofiq sistemalari vavariantlariga (tezkor ravishda) tezda o’tish.

Shaxsiy pressinga qarshi hujum taktikasi qo’llanishi qo’yidagi holatlardan kelib chiqadi:

1) raqib shchiti tomonga tez yo’rib o’tishni qo’llash uchun o’z yarimida maydonning hamma beshta o’yinchining dastlabki boshlang’ich joylashishini qo’llash;

2) hujumning oldingi va keyingi chiziqlari o’rtasidagi yetarli darajada katta oraliqni ta’minlash (himoya chiziqlari o’rtasidagi o’zaro harakatlarni tuzilishini va hamkorligini qiyinlashtirish uchun), harakatchan markaziy o’yinchini yoki kanot hujumchini orqaga maydon markaziga to’pni olish uchun jalb qilish va u orqali tezda hujum yushtirish;

3) jamoaning mohir driblerining (to’pni mohirona olib yuradigan) himoyachi yakka kurashishishi uchun maydonning bir tomoni ni bo’shatish;

4) maydonning raqib yarimiga to’p bilan kirish paytida raqib shchitidan uzoqqa ketgan markaziy o’yinchisiz hujumni yushtirish bilan tarqoq pressingdan pozitsion kurashda foydalanish (ikkala ko’rsatilgan sistemalar jarima maydonni ochiq qoldirib hujumchilarga birdaniga u yoqqa yorib o’tishga va savatga hujum qilishga imkoniyat beradi).

3.8. Himoya taktikasi

Yaxshi tashkil etilgan himoya nafaqat hujum tufayli erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlaydi, balki jamoaning keyingi harakatlari xarakteriga ham ta’sir qiladi. Ishonchli himoyaga ega bo’lgan jamoa o’yinni keskinlashtira borishga, o’rtacha va oils masofalardan savatga to’p otishni dadillik bilan qo’llashga qurmaydi hamda shchitdan qaytgan to’p uchun astoydil kurashadi.

Himoyalanuvchi jamoaning harakatlari hujum qiluvchi jamoaning harakatlariga javob bo’lib, raqib taktikasining xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.

Himoyalanayotgan jamoa oldida to’rtta asosiy vazifa turadi:

1) raqib savatga aniq, to’siqsiz to’p tashlashiga yo’l qo’ymaslik;

2) raqibdan to’pni olib qo’yish va qarshi hujum uchun sharoit yaratish;

3) raqibning ba’zi bir aloqalarini va o’yin liniyalari orasidagi aloqa va o’yinchilar o’zaro harakatlarini buzib, hujum qilish uchun tayyorlov operasiyalarini o’tkazishga qarshilik ko’rsatish;

4) raqibni tez qarshi hujumga o’tishga yo’l qo’ymaslik.

3.9. Yakka harakatlar

To’pli yoki to’psiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha, garchand, ikkala holda ham raqibning kuzatish va u bilan faol kurashish kerak.

To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar. To’psiz hujumchini ta’qib qilganda, himoyachi:

  1. a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga chiqib ishga yoki shu pozisiyada to’pni qabul qilib olishga yo’l qo’ymaslik;
  2. b) raqib hujumchisi yoki lideriga yo’naltirilgan to’pni olib qo’yish;
  3. v) raqibning o’zaro harakat qilish uchun siljishlarga, ayniqsa maydonning o’rtasidan shchit tomonga keskin qo’yiladigan blokirovkaga e’tibor bergan holda qarshilik ko’rsatish kerak.

Himoyachi o’zi ta’qib qilayotgan hujumchilar va o’zining savati ostida shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, to’pni ham ko’rishi lozim. Himoyachining hujumchiga nisbatan holati va ular orasidagi masofa har qanday aniq vaziyatga raqibning tezligi, bo’yi va og’irligi hisobga olingan holda aniqlanishi kerak. Raqibning markaziy o’yinchisini ta’qib qilayotgan himoyachi, u bilan qulay pozisiya va to’pni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy o’yinchiga to’pni shchitdan uzoqlashib, u qo’shimcha harakat qilgan holdagina to’pni egallashiga yo’l qo’yish mumkin. Agar u shchitning yaqinida bo’lsa, himoyachi uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun turadi.

To’pli hujumchiga qarshi harakatlar. To’pli hujumchiga qarshi kurashda himoyachi:

  1. a) raqibga to’pni savatga aniq otishda yo’l qo’ymaslik;
  2. b) raqibning shchit tomonga o’tishiga (ayniqsa kuchli, odatda, o’ng tomondan);
  3. v) to’pni xavfli yo’nalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri yoki markaziy o’yinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga halaqit berish);
  4. g) to’pni egallab olishga yo’l qo’ymaslik;
  5. d) raqibning oldindan tayyorlangan o’zaro harakatlanishiga yoki kombinatsiyalariga o’tkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit berishishga erishish uchun harakat qilishi kerak.

O’zining raqibini ta’qib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy vaziyatni ham kuzatib turishi shart. Bu esa o’zgarib borayotgan holatni o’z vaqtida baholash va o’z sheriklari bilan muvaffaqiyatli o’zaro harakat qilish imkonini beradi.

3.10. Guruh harakatlari

Himoyadagi guruh harakatlari deganda o’yin vaziyatida hujumchilarga qarshi harakat uchun yo’nalgan ikki yoki uch o’yinchining o’zaro harakati ko’zda tutiladi. Ikki o’yinchining o’zaro harakati usullariga straxovka qilish, o’yinchi almashish, sirg’anib o’tish, chekinish (sherigiga yo’l berish); uch o’yinchining o’zaro harakat usullariga maxsus tashkil etilgan ikki o’yinchiga to’qnashtirishga qarshi qaratilgan, ikki basketbolchi qo’ygan to’siqqa qarshi harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”, “kesib chiqish”ga qarshi o’zaro harakatlar kiradi. Shchitdan sapchigan to’p uchun qarshi taktika masalasi alohida ko’riladi.

Ikki o’yinchining o’zaro harakati. Himoyachilarning o’zaro yordam usullaridan biri – straxovka qilish. O’yinchilar doim bir-biriga yordam berishga hamda himoyachini aldab o’tish, savatga xavf solayotgan hujumchini ta’qib qilishga tayyor turishlari kerak. Straxovka qilish to’pni savatga aniq ota oladigan, tez o’tib keta oladigan, har xil chalg’ituvchi harakatlarni qullay biladigan, tezkor hujumchilarga qarshi qo’llaniladi.

Huddi shunga o’xshash raqibning yaqindagi baland bo’yli markaziy o’yinchisi to’pni egallab olmasligi uchun ta’qib etib yurgan himoyachiga ham yordam beriladi.

Agar to’p markaziy o’yinchiga tekkan taqdirda straxovka qilayotgan o’yinchi to’pni uning qo’lidan urib chiqarishga yoki to’p bilan oldinga o’tishga, to’pni savatga otishga halaqit berishga urinib ko’rishi kerak. Odatda straxovkani savatga xavf solaolmaydigan masofada turgan o’yinchini ta’qib qilishni bo’shashtiriboq yoki raqibning savatga juda kam va beqaror xavf solayotgan kamroq ta’qib etish bilan amalga oshiriladi.

Chekinish va sirg’alib o’tish. Tez almashish hech qachon ham himoyalanoyatgan jamoa uchun foydali emas, chunki ba’zi hollarda u yakka kurashdagi kuchlar muvozanatini buzatadi (baland bo’yli hujumchi past bo’lib himoyachi bilan, tez hujumchi esa, tezligi kichik o’yinchiga qarshi bo’lib qolishi va h.k.), raqib jamoa o’yinchilariga chalg’ituvchi va aldovchi harakat o’tkazish imkonini beradi. Shuning uchun himoyachilar bor kuch va bilimlarini blokirovka qilish va har xil harakatlar qilish yo’rdamida raqibning o’zaro harakat qilishini mushkullashtirishga, to’siq qo’yishga yo’l qo’ymaslikka sarflashlari kerak. Va faqat shchitga to’g’ridan-t’g’ri xavf tug’dirilayotgan paiytdagina o’yinchilarni almashishlari kerak.

Hujumchilar o’zaro harakatlari maydonda ko’ndalang bo’lib to’psiz yoki savatga uzoqdan harakat qilayotganda to’siq qo’yilgan himoyachilar ta’qib qilayotgan o’yinchilarni almashtirish o’rniga himoyachi tez chekinib, to’siq o’yinchini aylanib o’tib sherigi bilan yaqinlashib olishi kerak. To’siq shchit yaqinidagi to’pli o’yinchiga qo’yilganda, chekinish qisman xavf bilan bog’liq – bu vaqtda hujumchi hech qanday to’siqsiz to’pni savatga otishi mumkin.

Guruh bo’lib to’pni olib qo’yish. O’zaro harakat qilishninh bu usulini ko’proq pressingda, ya’ni to’p bo’lgan o’yinchini bir vaqtda ikki himoyachi hujum qilayotganda ishlatiladi. Guruh bo’lib to’pni olib qo’yishning ikkita varianti bor. Birinchisida, to’p bolgan o’yinchini ta’qib qiluvchi himoyachi uni burchak tomon yoki yo’n chiziq yoniga to’pni olib borishga, keyin esa maydonga orqa tomoni bilan burilishga majbur qiladi. Shu paiytda ikkinchi himoyachi unga qarshi harakatga qo’shiladi. Ikkala himoyachi hujumchini to’pni nianiq uzatishga yoki “Besh sekund” qoidasini buzishga majbur qiladi. Ikkinchi usulda esa to’qnashtirish va kesib o’tish prinspi o’zaro harakat qilish uchun to’pni olib kelayotgan o’yinchini boshqa himoyachi to’xtatadi, ta’qib qilayotgan o’yinchi esa uning yonidan yoki orqasidan to’pni urib chiqarib yuborishga harakat qiladi.

Har qanday guruh bo’lib to’pni olib qo’yishda qolgan himoyachilar srtaxovka qilish va to’pni olib qo’yish bilan bog’liq harakatlarni amalga oshirilishi tushunarli.

Uch o’yinchining o’zaro harakati. Uch o’yinchining himoyadagi o’zaro harakati “uchlik”, “sakkizlik”, “kichik sakkiz” ikki basketbolchi qoyadigan juft to’siq, ikki o’yinchiga to’qnashtirishni bartaraf qilishning konkret usuli.

Buning uchun yaxshi tashkil etilgan, himoyachilarni hamjihat kuchlari zarur.

“Kichik sakkizlik”ka (ayniqsa markaziy o’yinchi atrofida o’tkazilayotgan bo’lsa), va almashish yo’rdamida ikki basketbolchiga to’qnashtirishga qarshilik ko’rsatish har qachon ham samarali bo’lavermaydi. Shuning uchun bunday o’zaro harakatga qarshi kurashda hujumchilarni shaxsiy ta’qib qilishdan voz kechish va onda-sonda himoyachilarning zona prinspini qo’llash maqsadga muvofiq.

Himoyachilar (uch kishi) to’rt kishi hujumiga qarshi harakat qilayotgan paytda, ular jarima otish maydonchasiga muntazam chekinib, zona prinspiga asoslanib uchburchak hosil qilib mudofaa tashkil etadi.

Shchitdan sapchigan to’p uchun kurash. O’zining shchiti oldida sapchib qaytgan to’p uchun kurash musobaqaning o’tishi va uning natijasiga kuchli ta’sir etuvchi muhim holdir. Bu kurashning muvaffaqiyati raqibning shchitga boradigan yo’lini kesib qo’yishga urinib jarima otissh maydonchasida “shchitdan sapchigan to’p uchun kurash uchburchagi”ni tashkil qilgan uch himoyachining o’zaro harakatiga bo’g’liq. Bundan tashqari to’rtinchi himoyachi to’pning shchitdan uzoqga sapchib ketishi holatiga qo’shimcha straxovkani ta’minlaydi.

3.11. Jamoa harakatlari

Jamoa butun tarkibi bilan taktik maqsadga muvofiq jamoa harakatlari orqali mohirlik bilan himoyalanayotganda, eng qiyin masalani ham muvaffaqiyatli echishning yetarlicha imkoniyatiga ega bo’ladi. Jamoa harakatlari u yoki bu asosiy vazifani echishga qaratilgan mo’ljaliga qarab himoyaning ikkita turiga bbo’linadi: zichlashtirilgan va tarqoq himoya.

Zichlashtirilgan himoya. Bu avallo raqibga shchitga yaqin kelishi va to’pni yaqin yoki o’rta masofadan tashlash imkoniyatini bermaslikka qaratilgan. Shuning uchun hamn hujumchilar bi9lan kurash odatda himoyaning barcha o’yinchilari to’planadigan jarima otish maydonchasi yaqinida bo’ladi. Zichlashtirilgan himoya ikkita sistemada tashkil etiladi: shaxsiy va zonali himoyada. Shuningdek, o’z ichiga shaxsiy va zonali himoyani, ba’zan esa shaxsiy pressing elementlarini oluvchi aralash himoya sistemasi ham bor.

Shaxsiy himoya sistemasi. Himoyaning bu universal sistemasida jamnoaning har bir raqibni ta’qib etish topshiriladi. “O’yinchi-o’yinchini” ushlash shaxsiy ta’qib prinspi yakka himoya hissini tarbiyalashga yordam beradi, himoyadagi o’yinchilarni shaxsiy xususiyatlariga qarab taqsimlash imkonini beradi: baland bo’yli hujumchiga qarshi, tezkor o’yinchi tezkorga qarshi, sekin harakatlanuvchi qarshi va h/k/ har bir o’yinchi ta’qib qilayotgan o’yinchini o’rganish, kurashga moslashish uning nozik tomonlaridan foydalanishga qodir.

Bu sistemaning kamchiligi shundaki, hujumchilar erkinroq harakat qilaoladilar, oldindan o’ynalgan va tayyorlangan hujumchilarni amalga oshirish uchun yetarli vaqt va imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Zonali himoya sistemasi. Bu sistema ham himoyalanayotgan jamoa o’yinchilarini jarima otish maydonchasi atrofida to’playdi. Har bir o’yinchi shchit yaqinidagi ma’lum zonani qurqlaydi, o’yin davomida uning zonasiga kirgan har qanday raqib hujumchisini ta’qib qiladi. Bunday himoya asosan nisbatan sekin harakat qiladigan markaziy o’yinchilarini shchit yaqinida ishlatishga harakat qilayotgan va o’rta va uzoq masofadan to’pni savatga aniq tashlayolmidigan hamda to’pni tez va aniq uzata olmaydigan baland bo’yli o’yinchilari ko’p bo’lgan jamoaga qarshi qo’llaniladi.

Sistemaning ijobiy tomonlari shundaki, u raqibning orqasidan tinmay yugurishni talab qilmaydi, o’zining shchiti yaqinida shchitdan sapchigan to’p uchun kurashga yengillashtiradi, rejali ravishda tez qarshi hujumga o’tish imkonini beradi, raqibning oldindan o’rganilgan to’siq, to’qnashtirish, kesishib o’tish bilan bo’g’liq kombinatsiyalarini amalga oshirishini qiyinlashtiradi.

Sistemaning salbiy tomonlari shundaki, qurqlanayotgan uchastkadan tashqarida to’pni egallash uchun kurashning faolligini susaytiradi, tashabbus hujum qilayotgan jamoaga o’tadi, to’siqsiz savatga to’p otishga yo’l qo’yiladi va birinchi hujumchining bir ikki qatnashuvchi doyrasiga gruppirovka bo’lsa, himoyaning balansi ta’minlanmaydi.

Tarqoq himoya. Avvaliga bu himoya raqiblarni o’zini shchitidan uzoqda har qanday huqtada kurash olib borishga majbur qiladi, shu bilan birga o’yinchilar to’pni olib qo’yishga yoki hujumchilarning rejalangan kombinatsiyali o’yinini buzishga, ularni shoshilishiga, ma’lum bir rejasiz harakat qilishga majbur etishadi.

Tarqoq himoya ikkita sistemada amalga oshiriladi; shaxsiy pressing va zonali pressingda.

Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir. Buning mohiyati shuki, to’p raqibning qo’liga o’tishi bilan himoyalanayotgan jamoaning har bir o’yinchisi “o’zini” hujumchisini butun maydon bo’ylab unga erkin harakat qilishga yo’l bermay, to’pni olish va o’zi xohlagan yo’nalishda uzatishga yo’l qo’ymay ta’qib qila boshlaydi. Pressing yo’rdamida hujumkor o’yin olib boorish sur’atni ko’tarish, raqibni o’yinini olib boorish uchun mo’ljallangan rejadan voz kechishga majbur qilish mumkin.

Agar hujum qilayotgan jamoa pressinga qarshi hujumni jarima otish maydonchasining yarim doyrasiga chiqarilgan markaziy o’yinchi orqali o’tkazishga harakat qilsa, markaziy o’yinchini to’p olishiga yo’l qo’ymay, uni orqa – yo’n tomondan ta’qib qila boshlash kerak. Himoyachi tepasidan hujumchiga yuqoridan uzatilgan to’pga qarshi straxovkani shu paytda to’pdan ancha uzoqdagi o’yinchini ta’qib etib yurgan o’yinchi amalga oshirishi kerak.

Zonali pressing. Buning mohiyati shundaki, to’p bilan bo’lgan o’yinchini doim ikki kishi bo’lib hujum qilib, to’pni uzatishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarni tosib, zona prinspi asosida asosan raqib maydonida jamoaviy faol himoya tashkil etadi. To’pli hujumchilar III yoki IV mintaqada kirib kelganda zona pressingi vaqtincha birmuncha oldinga surilgan 3-2 zona himoyasi xarakterini qabul qiladi. Bu holda biron-bir hujumchining zonali himoya orqasiga yoki jarima otish maydonchasiga xavfli kirib kelganda, himoyalanayotgan jamoa bu hujumchini vaqtincha shaxsiy ta’qib qiladi. Maydon burchaklarida to’pli hujumchiga guruh bo’lib to’pni olish uchun hujum qilinadi.

Zonali pressingning afzalligiga qo’yidagilarni kiritish mumkin:

  1. a) raqib uchun kutilmaganlik;
  2. b) raqib jamoaning to’pni juda yaxshi olib yuruvchi etakchi o’yinchilariga butun maydon bo’ylab qarshi harakat imkoniyati;
  3. v) o’yinchiga ta’sir etib to’pni noto’g’ri uzatish, qoida buzishga olib keluvchi, to’pni guruh bo’lib olib qo’yishni muntazam qo’llash;
  4. g) bir-birini straxovka qilishni yengillashtiruvchi va to’pni olib qo’yishga chiqqanda tavakkalga yo’l qo’yuvchi butun maydon bo’lab barqaror himoya muvozanati;

d)aniq paytda (vaziyatda) hamjihatlik va harakat qilish qoidalarining oddiy va oydin tushunarliligi.

O’z maydonidagi faol himoya. Bu sistemada jamoa harakatlarining zichlanish va taqoqo prinsplari birlashadi, shu bilan birga qarshi harakatlarning struktira va intensivligi o’yinchining shchit va maydonning to’p bo’lgan tomonga, yoki to’psiz tomonga nisbatan egallagan pozisiyaga bog’liq ravishda farqlanadi. To’p turgan tomonga to’p bilan bolgan o’yinchiga qattiq va doymiy ta’sir ko’rsatiladi, qolgan sheriklari to’pni uzatilishgi mumkin bo’lgan yo’nalishlarda raqibni zich ta’qib qiladi: markaziy o’yinchi – oldidan yoki yonidan, kanot hujumchisi – to’pni olish imkonini bermaslik va raqib burilib mo’ljallovchi aloqani yoqotmasdan orqaga o’yib olganda, uning orqasidan yugurib ulgurish uchun yo’piq turishda (yuzma-yuz) turishi kerak.

Shaxsiy zonali pressing. Jamoali himoyaning intensivligini oshirish uchun aralash shaxsiy-zonali pressingni qo’llab erishish mumkin.

Musobaqa amaliyotida ba’zida bir to’pni o’ynab maqsadga erishish uchun o’yinchilarni almashib pressing qilish qo’llaniladi; jamoa o’z oldiga maydonning o’rta qismini yaxshi berkitish, 1×2 tuzog’ini qo’yish vazifasini qo’yib, sof zonali pressing bilan boshlaydi; tuzoq ishga tushganda jamoa aralash pressing va hihoyat, o’z maydonida faol shaxsiy himoyaga o’tadi.

Shuni e’tiborga olish kerakki, maydon o’rta qismini to’sish uchun 2-2-1 zona pressingini ochiqdan-ochiq juda toraytirib yuborish raqibga yon chiziq bo’ylab o’tib himoyani yo’rib kirishiga imkon yaratishi mumkin.

Keyin barcha himoyachilarning tuzoq hosil qilish uchun yo’n chiziqlardan biriga harakat qilganda, raqibning to’pni qarama-qarshi kanotga uzatishi himoyachilarni qiyin ahvolga solib qo’yishi mumkin.

Shiddatli hujumga qarshi himoya. Shiddatli hujum qilishni yaxshi egallab olgan jamoaga qarshi o’yinda raqib uchun qulay bo’lgan o’yin sur’atini pasaytirishga harakat qilish kerak. Buning uchun pozitsion hujumni odatdagidan sekinroq o’tkazish bilan o’ynash, qaltis to’p uzatish va tayyorlanmasdan to’pni savatga otishdan saqlanish kerak. O’zining orqa zonasini kamida ikki o’yinchi kuchi bilan juda ham etiborlik bilan straxovka qilish kerak. Shchitdab sapchigan to’p uchun kurashda yoki boshqa paytda to’pni egallab olgan o’yinchini himoyani yorib o’tish maqsadida birinchi to’pni uzatishiga halaqit berishi uchun unga qurmasdan hujum qilish kerak. Raqibning ijobiy natijali to’p otgandan so’ng hujumchilar vaqti-vaqti bilan maydon bo’ylab ta’qib qilish va yana o’zining jarima to’pi otish maydonchasiga qaytib kelish kerak.