Birinchi chorak bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi quyidagi sinflardan olinadi.
O‘quv yilining birinchi choragi yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi jarayoniga 4-, 8- va 9-sinf o‘quvchilari jalb qilinadi.
4-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 30 talik:
1-blok (ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika, xorijiy til);
2-blok (matematika, tabiatshunoslik, ona tili va o‘qish savodxonligi) har bir fan bo‘yicha 10 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.
8-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik:
1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til);
2-blok (biologiya, kimyo, rus tili);
3-blok (fizika, geografiya, ona tili);
4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.
9-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik:
1-blok (ona tili adabiyoti, matematika, xorijiy til);
2-blok (biologiya, kimyo, rus tili);
3-blok (fizika, geografiya, ona tili);
4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovi bajarish uchun 4-sinflarda monitoring o‘tkaziladigan fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 60 daqiqa), 8- va 9-sinflarda fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 90 daqiqa) vaqt beriladi.
Barcha blok fanlarini qamrab olish maqsadida sinf o‘quvchilari soniga qarab guruhlar shakllantiriladi.