Birinchi o`zbek multfilmi haqida bilasizmi?

Har yili dunyoning ko`plab mamlakatlarida 29 oktyabr “Xalqaro animasiya kuni” sifatida nishonlanadi. Kuni kecha nishonlangan ushbu bayram munosabati bilan o`zbek animasiya tarixiga nazar solamiz.

O`zbek animasiya san`at tarixi 1965 yilda «O`zbekfilm» studiyasida rejissyor Damir Salimov “6×6 kvadratda» degan multfilmni suratga olgan. O`zbekiston kino tarixida birinchi multfilm sifatida qolgan mazkur asar qo`g`irchoqlarning mexanik harakatiga asoslangan edi.

O`zbekistonda ilk chizilgan multfilm 1969 yili suratga olindi. “Jasur chumchuq” asari o`z davri uchun ilg`or texnologiya asosida suratga olingan edi.

1970 yilga kelib “O`zbekfilm”da multfilm ustaxonasi tashkil qilindi. Unda animatorlar, grafika ustalari, rassomlar va boshqa ijodkorlar yangi multfilmlar ishlab chiqarish bo`yicha maydon yaratishdi.

Yillar davomida o`zbek animasiya tarixida turli mavzu va janrlarda ko`plab multfilmlar yaratildi. Jumladan, «Uzviylik», «G`ildirakli uy», «Dovyurak oshpaz», «Kenja botir 1,2», «Matizning sarguzashtlari» “Cho`ldagi ko`l” “Mayin ëmg`ir ëg`adi”¸ “Miks”, “Sehrli tanbur”, “Hayot daryosi” va boshqalar.

Hozirgi kunga kelib, o`zbek animasiya sohasiga yangi zamonaviy texnologiyalar olib kirilmoqda. Xususan, joriy yilda Kinematografiya agentligi, «Futurist» MChJ va Ummon davlati hamkorligida  Ummon fizigi va doktor Ibn al-Dahabiy to`g`risida animasion filmda inson tanasi va yuzi harakatini suratga olish — “Motion Capture” texnologiyasidan foydalanildi.

Tavsiya etamiz  Jahon shou-biznes olamidagi eng qimmat 10 ta musiqiy kliplar
Прокрутить вверх