Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari DTM tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi yil bitiruvchilari kirish test imtihonlarini topshiradi

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboev ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz: Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

Keyingi yillarda bitiruvchilarga davlat tomonidan oliy ta’lim olish bo‘yicha katta imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shulardan biri sifatida bitiruvchilarning ortiqcha ovora bo‘lmasliklari, faqat bir marta imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda.

Maktab, akademik liseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, ya’ni unifikasiya qilish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan.

Lekin oldingi yillarda bitirgan abiturientlar uchun kirish test sinovlari alohida o‘tkaziladi.

Shu o‘rinda eslatish lozim, bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari qanday tartibda bo‘lsa, yakuniy davlat imtihonlari ham shu tartibda tashkil etiladi (maktablarda emas).

Tavsiya etamiz: Davlat test markazi 2021 yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.