Bitta kasb-hunar turi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan maktablar ro‘yxati

Bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan maktablar ro‘yxati shakllantirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab jami 208 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 10-sinfdan boshlab o‘quvchilarga bitta kasb-hunarga o‘rgatish ishlari amalga oshiriladi.

☝️O‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati shakllantirildi.

O‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari RO‘YXATI

Bunga ko‘ra,
✔umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy ta’lim” fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunar turidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.

📌Tanlab olingan 208 ta maktabda oʻquvchilar qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi 3 yoʻnalishlardan biri boʻyicha kasb-hunar oʻrgatiladi:
✔ishchi kasblar (hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda),
✔ tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha),
✔ zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ industriya yoʻnalishi boʻyicha)

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunarlar o‘quv dasturlari.

Tavsiya etamiz  Prezident maktabiga kirish imtihoni javoblari qachon e’lon qilinadi?

Прокрутить вверх