Biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmas 7 ta xarakter va xususiyat

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Har qanday ishda bo‘lgani kabi biznesdaham xarakter nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yib bo‘lmas xato va kamchiliklar mavjud. Ana shu yetti turdagi kamchiliklar bilan batafsil tanishib chiqamiz.

1. Mas’uliyatsizlik

Mas’uliyatsiz odam xavfli, boshqarilmaydigan, ruhiy kasal yoki aqlan nosog‘lom odamga o‘xshaydi. Unga ishonish ahmoqlikdir, tushuntirish bu devor bilan gaplashish kabi samarasiz. Bunday turdagilar biznesdagi eng xavfli shaxslar hisoblanishadi.

2. Beparvolik

Topshirilgan vazifadan shunchaki tezroq qutulish maqsadida unga istaksiz yondashilsa, u ish hech qachon sifatli va chiroyli bo‘lmaydi. Demakki, bu hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Beparvolik bu ishga va hamkasblarga bo‘lgan hurmatsizlik belgisidir.

3. Ishning o‘z vaqtida va puxta bajarilmasligi

O‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olish qobiliyatining yo‘qligi o‘sha shaxsning umumiy ish holati haqida ma’lumot beradi. Buning natijasida hamma azob chekadi. Mas’uliyatdan qochish, muddatlardan kechikish ishning umuman bajarilmayotgani bilan tenglashtiriladi. Konferensiya yoki majlislarga doimiy kechikish eng avvalo o‘ziga va hamkasblariga nisbatan hurmatsizlikdir.

4. Zaif fe’llilik

Mas’uliyatni olishdan qochish, mustaqil fikr qabul qila olmaslik, hadeb nolish va o‘zini chetga olish har qanday biznesda bunday insonni foydasiz buyumdek qilib qo‘yadi. Bunday shaxslarga umuman ishonib bo‘lmaydi, ular kerakli paytda sharmanda qilib qo‘yishlari mumkin.

5. Ahmoqlik

Ko‘rinib turgan muammoni ko‘rolmay, unga tegishli yechimni mustaqil qabul qilolmaydigan odam butun jamoani orqaga tortadi. Savodsizlik va mantiqiy fikrning yo‘qligi bu kasallikdir. Kasal insonlar esa muhim ishlarda ishlamasliklari kerak.

Tavsiya etamiz: Muvaffaqiyatga erishishning 10 ta siri

6. Talabga javob bera olmaslik

Bunday insonlar voqe’likka hissiyotli yondashuv, yulduzlik kasali, ziddiyat, qo‘pol muomala, o‘zini qo‘lga ololmaslik, odamlarni gapiga uchib yurish, g‘iybatkashlik kabi jirkanch xarakterga ega bo‘lishadi. Bunday odamlar juda xavfli. Ular tartibsizlik va janjalni keltirib chiqarishadi.

7. Yolg‘onchilik

Yolg‘on gapirish, va’da berib uni ado etmaslik, gapirgan gapida turolmaslik oxir-oqibatda barcha muammolarning sababchisi hisoblanadi. O‘z gaplarining qiymati va muhimligini anglamagan har qanday shaxs avvalo o‘z hurmatidan, keyin ishidan ayrilishi turgan gap.

Manba uzbaza.uz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting