Bolaga uy vazifasini bajarishga yordam berish kerakmi?

Ba’zi birinchi sinf o‘quvchilari ota-onasining yordamisiz uy vazifasini bajara olishmaydi. Ammo bolalar maktabda berilgan uy vazifasini o‘zlari bajarishlari lozim va ular buni qila olishadi. Keyingi maslahatlar shunday tartibda sanab o‘tilganki, har bir keyingi maslahat oldingisiga qaraganda jiddiyroq ko‘makni nazarda tutadi.

Hatto bolalar bog‘chasida g‘urur bilan «Hammasini o‘zim qila olaman» shiori ostida vazifalarni mustaqil uddalay olgan bola ham birinchi sinfga borganida ko‘makka muhtoj bo‘ladi. Buning hayron qoladigan joyi yo‘q, chunki endi uni o‘qituvchisi – ya’ni mutlaqo begona kishi birinchi marta baholaydi-da.

Bu yoshda hamma vazifalarni to‘g‘ri va «a’lo» bahoga bajarish juda muhim. Sho‘ring qurg‘ur tushunmovchilikning sababi ham ana shunda: bolalar uyda «Oyi, yolg‘iz o‘zim bajarolmayapman!» degan fikrni nazarda tutib, «Oyi men bajarolmayapman!» deb shikoyat qilishadi. Onalar esa, o‘z navbatida, «Bolam yolg‘iz o‘zi uddalay olmaydi», deb o‘ylaydi va har safar unga uy vazifasini bajarishda yordam beradi.

Quyidagilarni odat qiling:

Bolaga uning qobiliyatlari va mustaqilligini rivojlantirishga yordam bergan holda ko‘maklashing.

Farzandingizga bir paytning o‘zida uning qobiliyatlari va mustaqilligini rivojlantirgan holda yordam berishni odat qiling.

Tavsiya etamiz  Ish staji yetarli boʻlmaganlar va uy bekalariga ham pensiya to’lanishi mumkin

Farzandingizga u hammasini mustaqil ravishda bajara oladigan darajada qobiliyatli ekanini tushuntiring. Ammo «Agar mutlaqo uddalay olmasang, mendan so‘rashing mumkin», deb ogohlantirib ham qo‘ying.

Topshiriqni tekshirib ko‘rishni taklif eting: «Istasang, mashq yechimlarini keyinroq ko‘rib beraman».

Oraliq natijalar uchun bolani maqtang. Bu uni ruhlantiradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi.

Avvalo, ish nega to‘xtab qolganini aniqlashga harakat qiling. «Buni qanday qilib hisoblading?» yoki «Bu raqamni qaerdan olding?» deb so‘rang.

Agar bola mashqni tushunmagan bo‘lsa, uni yechishning boshqa usullarini taklif etmang.

Agar farzandingiz xato qilgan bo‘lsa, unga aniq ko‘rsatmalarni bering: «Natijada 15 soni hosil bo‘ldi, bu yerga esa umuman boshqa raqamni yozgansan» yoki misollarni bir nechta bosqichda yeching.

Agar farzandingiz o‘zi hammasini ishonch bilan bajarayotganini his etsangiz, unga o‘rgatmang.

O‘qituvchi bilan farzandingizning bilim borasida oqsaydigan tomonlari haqida suhbatlashing va u bilan maslahatlashing. Agar farzandingizga misol yechimlarini xuddi maktabda tushuntirishganiday tushuntirib bersangiz, uni adashtirmaysiz.

Uy vazifalarini bajarishda beradigan yordamingizni cheklang, ammo quyidagi holatlar bundan istisno: bolaning uzoq kasallanib qolishi yoki juda murakkab material bo‘lsa.

Tavsiya etamiz  Bolalarni 1-sinfga qabul qilish tartibi ma'lum qilindi

Agar bola bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, iloji boricha uning mashqni yechish jarayoniga aralashmaslikka va iloji boricha chekkaroqda turishga harakat qiling. Bola o‘zi mustaqil ravishda qo‘lidan kelganicha o‘ylasin, yechsin, hisoblasin va ifodalasin.

O‘ylaymizki, ushbu maslahatlar siz va bolangiz uchun foydali bo‘ladi.

Manba:

Прокрутить вверх