Bolalar immun tizimini mustahkamlovchi vitaminlar bilan tanishing.
Vitamin D — sitokinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Sitokinlar esa o‘z navbatida “immun tizimi sanitarlari” va gumoral immunitetni faollaydi. Sut va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi.
Vitamin C — interferon sintezini stimullaydi va immunitetga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning virusga qarshi xususiyatini oshiradi. Na’matak, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar, sitrus mevalarida ko‘p uchraydi.
Yuqoridagi vitaminlarni dori preparati ko‘rinishida faqatgina vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.
© Doctor Muxtorov