Bolalarni tanqidiy fikrlashga undash yoʻllari. Oʻqituvchilarga ayrim maslahatlar!

Tavsiya etamiz

Oʻquvchilarni chuqurroq izlanishga va savollarga yuqori saviyada javob berishga undash oʻziga yarasha murakkab jarayondir. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganar ekanmiz, oʻsib kelayotgan avlodda tanqidiy fikrlashni shakllantirish ta’lim tizimidagi muhim qadamlardan biri ekanligiga guvoh boʻldik.

Ushbu maqolada biz bolalarda muammolarni hal qilishga doiradan tashqari yondashishga yordam beruvchi tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha ba’zi maslahatlarni keltirib oʻtamiz.

1. Shoshmang!

Oʻqituvchilar orasida javob berish uchun qoʻlni birinchi boʻlib koʻtargan oʻquvchini koʻtarish odatiy holga kirib qolgan. Lekin oʻqituvchi savol berganidan keyin 3-5 soniya kutib tursa, ehtimol, javob berishga tayyor boʻlgan oʻquvchilar soni sezilarli darajada oshadi. Bu, shuningdek, bolalarga aqllariga kelgan birinchi javob har doim ham yaxshi (toʻgʻri) emasligini tushunishga yordam beradi. Ba’zida savol (masala) qiyin boʻlsa yoki ma’lum vaqt talab qilinsa, bir daqiqa yoki undan koʻproq kutish kerak boʻladi. Noqulay holat yuzaga kelmasligi uchun, oʻqituvchi bolalarga savolga javob berishdan oldin 10 yoki koʻproq soniya oʻylab koʻrishni tavsiya qilishi yoki javob olishi uchun kamida 10 ta oʻquvchi qoʻl koʻtarishi kerakligini aytishi mumkin.

2. Oʻqituvchi sinfda “Kun Savoli” degan tartibni kiritishi mumkin!

“Kun Savoli” degan tartib kiritib, sinf hayotiga yangilik kiriting. Masalan, javob topishga yordam sifatida matematik atamalardan biri boʻlgan “koʻpaytirish” soʻzi qoʻllaniladigan topishmoq oʻylab toʻping yoki sinfdoshingizga ma’lum bir kitobni tavsiya qiluvchi xat yozing deb bitilgan varaqlani sinf doskasiga osib qoʻying. Oʻquvchilar oʻzlarining tanqidiy fikrlash kundaligiga javob yozishlari mumkin. Kun oxirida sinfda oʻquvchilar orasida muhokama oʻtkazing.

3. Oʻquvchilar uchun “Firk-mulohaza Qutisi” ni yasang!

Xayolga birinchi kelgan tanqidiy fikrlashga undovchi savolni doskaga yozing (masalan, Bu muammoni hal qilishning yaxshiroq yoʻli bormi? Bu nima haqida ekanligini tushuntiring). Oʻquvchilarga yozma javob berish va uni qutiga tashlash uchun ma’lum muddat vaqt bering. Javoblarni birma-bir qutidan oling va ovoz chiqarib sinfga oʻqing. Shu bilan bir qatorda, siz munosib javob bergan oʻquvchini yoki toʻgʻri javob bergan barchani mukofotlang. Masalan, uy vazifasini bajarishdan ozod eting yoki ularga boʻsh vaqt bering.

4. Bolalarga biron-bir taraf boʻlishga imkon bering!

Birinchidan, ikkita qarama-qarshi nuqtai nazarga ega boʻlgan gapni oʻqing (masalan, siz muallif fikriga qoʻshilasizmi yoki qoʻshilmaysizmi? Nima uchun?). Fikrni ma’qullagan bolalarni xonaning bir tomonida turishni va fikrni ma’qullamagan bolalarni boshqa tomonda turishni ayting. Keyin bolalardan nima uchun bunday tanlov qilganlarini aytib berishlarini soʻrang. Agar ular munozara paytida oʻz fikrlarini oʻzgartirsalar, tomonlarini oʻzgartirishlari mumkin.

5. “Nega?” degan savolni besh marotaba bering!

Sinfda muammoga duch kelganda, siz “Nega?” savolidan foydalanib, muammo yechimini topishga yordam bera olasiz. Birinchi “Nega?” savoli (masalan, “Nega sinf imlo tekshiruvidan oʻtmadi?”). Javob berilgandan soʻng, “Nega” savoli yana toʻrt marotaba berilishi shart (masalan, “Nega oʻquvchilar testga tayyorgarlik koʻrmadilar?”, “Nega oʻquvchilar testga tayyorgarlik koʻrishlariga vaqtlari boʻlmadi?, va hokazo). Aslida, beshinchi savoldan keyin muammoning kaliti topilishi kerak.

6. Rolli oʻyin!

Xayoliy stsenariyni yarating va bolalarga muammoni sinf birgalikda hal qilish uchun qar bur qadamni ishlab chiqishni taklif qiling. Eng avvalo, muammoni aniqlab oling va uni savol sifatida yozing (masalan, Nima uchun ilmiy tajriba rejalashtirilganidek ish bermadi?). Keyin muammoni hal qilish uchun oʻquvchilar orasida aqliy hujum oʻtkasing va taqdim etilgan yechimlar orasidan eng sarasini tanlab oling. Nihoyat, echimni amalga oshirish uchun harakatlar rejasini tuzing.

7. Bolalarni oʻz fikrlarini rivojlantirishga va koʻproq gʻoyalarni taklif qilishga undang!

Biror mavzu yoki masala yuzasidan birgalikda ishlash orqali ijodiy fikrlashni mashq qiling. Mavzuni varaqqa yozing va sinf doskasiga osib qoʻying. Keyin boshqa varaqlarga turli sarlavhalarni yozing va ularni asosiy varaq ostiga biriktirib qoʻying. Oʻquvchilarni har bir varaqda keltirilgan sarlavha mavzusini rivojlantiruvchi gʻoyalar berishlarini ayting va ularni doskaga mahkamlang. Bolalarni oʻz fikrlarini yanada rivojlantirishga va sinfdoshlarining gʻoyalariga asoslangan yangi takliflar berishga undang.

8. Oʻquvchilar masalaga turli tomondan yondashishlariga yordamlashing!

Ijobiy boʻlmagan vaziyatlarda ijobiy narsalarga e’tibor qaratishning ajoyib usuli — bu masalaga boshqa tomondan yondashish’ kabi fikrlash strategiyasi. Agar oʻquvchi uy vazifasini maktabga olib kelishni unutib qoʻysa, oʻqituvchi unga quydagicha savol berishi mumkin — “Bundan sen nima foyda koʻrasan?” Shunda oʻquvchi “Buday holat qaytarilmasligi uchun men kun tartibimni qayta koʻrib chiqaman” kabi fikrlar bilan javob berishi mumkin.

9. Savol-javobga bagʻishlangan dars oʻtkazing.

Bolalarda tanqidiy fikrlash koʻnikmalari qanchalik yaxshi rivojlanayotganini aniqlashning bir usuli – savol-javob oʻtkazish. Yakkama-yakka yoki kichik guruhlarda turli savollar bering va har bir oʻquvchi muntazam foydalanadigan va vaqt oʻtishi bilan undan qochadigan fikrlash darajalariga e’tibor bering. Darslarda yuqori darajadagi tanqidiy firklashni talab qiluvchi savollarni bosqichma-boshqich  koʻpaytirish uchun oʻqituvchilar tomonidan yuritiladigan qayd daftarlari boʻlishi kerak va ular ushbu daftarlarda qilingan qaydlardan muntazam foydalanishlari bolalarda tanqidiy fikrlash koʻnikmalari mustahkamlanib borishiga yordam beradi.