Botirlik va qoʼrqoqlik haqida maqollar

Tavsiya etamiz

 Ushbu sahifada Botirlik va qoʼrqoqlik haqida maqollar keltirilgan

Аlp — otadan, zot — onadan.

Аlp — enadan, tulpor — biyadan.

Аrslon bolasini tutmoq uchun
Аrslon uyasiga kirmoq kerak.

Аrslon izidan qaytmas,
Yigit — soʼzidan.

Аrslonning boʼkirgani — sichqonning oʼlgani.

Аrslonning oʼligi — sichqonning tirigi.

Bedana botir bovdan yer,
Botir yigit yovdan yer.

Besh qoʼrqoqqa — bir qargʼa.

Bir boshga — bir oʼlim.

Bir yigit — bir elga rizq.

Bir kun — tugʼilmoq,
Bir kun — oʼlmoq.

Bitmas ishning boshiga,
Botir kelar qoshiga.

Botir botir emas,
Jon saqlagan — botir.

Botir botqoqdan ham oʼtar,
Qatqoqdan ham.

Botir boshga balo tegmas.

Botir baqqollik qilmas,
Qoʼrqoq qochib qutulmas.

Botir yovda bilinar,
Soʼzchi — dovda.

Botir yovsiz boʼlmas.

Botir joni sabildir,
Yomon joni azizdir.

Botir ishning boshida,
Yaxshi kelar qoshiga.

Botir miltiqsiz boʼlmas,
Baliq — qiltiqsiz.

Botir yarasiz boʼlmas.

Botir oʼlsa, nomi qolar,
Nomard oʼlsa, nimasi qolar.

Botir oʼlsa, yapaloq bosh koʼtarar.

Botir oʼrtoq — boy oʼrtoq.

Botir qiyinni yengar,
Nomard boʼyinni egar.

Botir qilichsiz ham botir.

Botirga yaroq hojat emas.

Botirga ham jon kerak.

Botirdan «botir» chiqsa, otasi bilan olishar.

Botirdan oʼlim ham qoʼrqar.

Botirlik shahar olar.

Botirning kulgani — elning kulgani.

Botirning mushti — ishongan doʼsti.

Botirning mushti ham yarogʼ.

Botirning qoni chiqquncha,
Qoʼrqoqning joni chiqar.

Botirsingan yigitni
Yov kelganda koʼramiz.

Chechansingan yigitni
Dov kelganda koʼramiz.

Buzilgan elni botir tuzatar.

Boʼlsang agar qoʼrqoq,
Boshingda oʼynar toʼqmoq.

Boʼridan qoʼrqqan ovga chiqmas,
Ilondan qoʼrqqan suvga tushmas.

Boʼridan qoʼrqqan toʼqayga kirmas.

Vahm tubi — dengiz,
Botasan-da, ketasan.

Tavakkal tubi — yel qayiq,
Oʼtasan-da, ketasan.

Dovni yenggan botir emas,
Yovni yengan botir.

Yov qochsa, botir koʼpayar.

Yovdan qoʼrqqan yovga doʼst,
Elni suygan — elga.

Yovni ayagan yara yer,
Kaltagini sara yer.

Jasur boʼlsang, yov qaytar.

Jasur boʼlsang, yovga chop.
Jasur jangda sinalar.

Jasur jangdan qoʼrqmas,
Yovdan sira hurkmas.

It qoʼrqoqni talar.

Itni ovga borganda sina,
Yigitni — yovga borganda.

Ishtonsizning hadigi — choʼpdan.

Yigit joni — bitta,
Qiz joni — qirqta.

Yigit ishi bichuvda bilinar,
Tuya — suv kechuvda.

Yigitning botirini maydonda sina.

Yigitning sarasi yov bosganda bilinar.

Yoibarsdan qoʼrqqan toʼqayga kirmas.

Yoʼlbarsni yenggan emas, jahlni yenggan — botir.

Kar qoʼy ikki hurkar.

Kuchukdan qoʼrqqan gado boʼlmas.

Koʼz — qoʼrqoq, qoi — botir.

Koʼp qaygʼurdim, sil boidim,
Koʼp yalindim, qui boidim.

Mergan ovda bilinar,
Botir — yovda.

Mullali ovul — qoʼrqoq,
Baxshili ovul — botir.

Noshud ketganda maqtanar,
Botir — qaytganda.

Odam safarda bilinar,
Botir — xatarda.

Olovdan qoʼrqqan tutundan ham qochar.

Ot bilan qurol ega tanlamas.

Ot hurkkan yeridan oʼtmas,
Er — qoʼrqqan yeridan.

Savdo gʼavgʼosiz boʼlmas,
Polvon — gavdasiz.

Savlat desang, menda bor,
Аmmo jahon menga tor.

Sen qoʼrqmasang, yov qochar.

Sendan qoʼrqqanim — qora qoʼydan qoʼrqqanim.

Soʼz botirligi tilda,
Er botirligi belda.

Tegirmonda tugʼilgan sichqon
Momaqaldiroqdan qoʼrqmas.

Tiz choʼkib yashaguncha,
Tik turib oʼlgan yaxshi.

Tilingni botir qilma,
Oʼzingni botir qil.

Tortishgan — er,
Tortishmagan — qora yer.

Togʼni baland dema,
Talab qilsang, chiqasan.

Yovni kuchli dema,
Gʼayrat qilsang, yiqasan.

Tulkidan sher chiqmas,
Qoʼrqoqdan er chiqmas.

Tuyaning hurkkani yomon,
Tentakning — qoʼrqqani.

Urushdan qochgan maʼrakaga sigʼmas.

Xoin qoni chelakka tomar,
Botir qoni — yurakka.

Xoʼrozning suti yoʼq,
Qoʼrqoqning quti yoʼq.

Chiyki terini it tortar,
Chiyki erni yov tortar.

Choʼchigan choʼqmor koʼtarar.

Sharpadan qoʼrqqan shaqildoq chalar.

Sher bolasi ovni yengar,
Er bolasi — yovni.

Sher izini it bosmas.

Sher himmati — bilak,
Er himmati — yurak.

Sherni er yengar,
Erni sher yengolmas.

Sherning urgʼochisi ham sher.

Sherning oʼhgi ham ot hurkitar.

Er bolasi erday boʼlar.

Er boʼl, er boʼlmasang,
Qora yer boʼl.

Er yigitga tosh ham qurol.

Er yigitni yov ustida koʼr.

Erga navbat — sherga navbat.

Erdan er tugʼilar,
Nordan — nor.

Erlik bilakda emas, yurakda.

Erlikda xoʼrlik yoʼq.

Erning yuragi — sherning yuragi.

Eshakning qoʼrqogʼi suvdan oʼtmas.

Yuz qargʼaga — bir shunqor.

Yuz qoʼrqoqdan bir botir afzal.

Yurakda boʼlsa, bilakda boʼlar.

Yalingan qoʼrqoq emas,
Yoqalashgan qoʼrqoq.

Yantoqdan atir chiqmas,
Qoʼrqoqdan — botir.

Oʼzing botir boʼlsang
Qurolning keragi yoʼq.

Oʼlgandan qoʼrqqan yomon.

Oʼttizida er atangan,
Qirqida sher atanar.

Qiygʼir uchsa, chumchuqni tirqishda koʼr.

Qiygʼiming qiyqirgani — tulkining oʼlgani.

Qorgʼili it ovga yaramas,
Yuragi yoʼq yovga yaramas.

Qochgan yoʼl tanlamas.

Qochgan qoʼshinga yov koʼp.

Qochganga cher qurilar.

Qochoqqa shafqat yoʼq,
Qoʼrqoqqa — hurmat.

Qochqinga «hay» kifoya.

Quyon oʼz koʼlankasidan ham qoʼrqar.

Qoʼrqding — tutilding,
Qoʼrqmading — qutulding.

Qoʼrqish — yengikshning chopari.

Qoʼrqmas kelin qoʼy boshidan qoʼrqar.

Qoʼrqoq avval musht koʼtarar.

Qoʼrqoq boʼlma, botir boʼl,
Oʼz elinga shotir boʼl.

Qoʼrqoq itning quyrugʼi qisiq.

Qoʼrqoq koʼzidan maʼlum.

Qoʼrqoq — koʼr, nomard — xor.

Qoʼrqoq ot oʼz soyasidan hurkar.

Qoʼrqoq oʼlmasdan burun oʼlar,
Oʼlikdan nima kutib boʼlar.

Qoʼrqoq qochib qutilmas.

Qoʼrqoq qoʼrqoqqa oʼrtoq.

Qoʼrqoq qoʼrgʼon ololmas.

Qoʼrqoqda uyat boʼlmas.

Qoʼrqoqni ajal quvlar.

Qoʼrqoqni ursang, botir boʼlar.

Qoʼrqoqning boshidan musht ketmas.

Qoʼrqoqning koʼzi katta,
Аhmoqning — soʼzi.

Qoʼrqoqning oʼz quroli oʼziga yov.

Qoʼrqoqning qoni chiqqani — joni chiqqani.

Qoʼrqoqning qoʼli qisqa.

Qoʼrqoqqa ip ilon boʼlib koʼrinar.

Qoʼrqoqqa koʼlankasi — azroil.

Qoʼrqoqqa goʼr ham tor, qir ham tor.

Qoʼrqoqqa qoʼy boshi qoʼsh koʼrinar,
Qoʼmshogʼi bilan besh koʼrinar.

Qoʼrqoqqa sichqonning ini — ming tanga.

Qoʼrqsa ham, qoʼy oʼladi,
Qoʼrqmasa ham, qoʼy oʼladi.

Qoʼrqsang — aytma,
Аytsang — qoʼrqma.

Qoʼrquv oʼlimdan qutqarmas.

Qoʼrqqan it uch kun hurar.

Qoʼrqqanga qoʼsh koʼrinar.

Har kuni oʼlgandan,
Bir kunda oʼlgan yaxshi.