Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi ma’lum qilindi bu haqda huquqiyaxborot kanali ma’lum qildi.

2021/2022 o‘quv yilida boshlab:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakul’teti tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz: Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros ob’ektlarini asrash fakul’tetlari ochiladi.

Tavsiya etamiz: Davlat test markazi 2021 yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting